Asosiy mavzular
14 october 2025

Eski shofirkon majburiy paxta terimida

Eski va yangi O‘zbekistonning printsipial farqi paxtada. Ya'ni rasman yangi O‘zbekistonda majburiy paxta terimi yo‘q. 

Lekin Shofirkonda Suv ta'minoti korxonasi xodimlari ommaviy ravishda paxta terimiga jalb qilinmoqda. Korxonaga ishi tushib kelgan fuqarolar xodimlar va tashkilot rahbarini izlab halak.

«Hamma suvchilar majburiy terimda. Tuman qishloqlariga esa ichimlik suvi yetib bormayapti. Masalan, tumanning Jo‘yrabod qishlog‘idagi xonadonlarga 15-20 kundan beri ichimlik suvi chiqmadi» – deydi tuman aholisi.

Yangi O‘zbekiston qachon eski tuzumga qaytdi? Paxta bo‘yicha imi-jimida Karimovcha usulni qo‘llab fuqarolargi terimga quvish kimning «innovatsion» g‘oyasi? Tuman ma'muriyati o‘zboshimchalik bilan terim tashabbusini qo‘lga olganiga ishonish qiyin. Buyruq bergan Qishloq xo‘jaligi vazirligimi yoki Prezidentning agro maslahatchisi?

Tag‘in o‘qing
25 october 2025
Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan munosabatlari rivojlanayotgan bir vaqtda “xitoylashuv” degan tushuncha ham jiddiy xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2013 ...
14 march 2020
Shu paytgacha oshkora tazyiqlarga uchrayotgan o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlar endilikda virtual hujumlarga ham duch kelmoqda. Ularga elektron ...
8 june 2020
Runetda, uning ketidan esa o‘znetda AQShdagi voqealarning muhokamasi davom etmoqda. “Irqchi emasman, lekin do‘konlarni yoqishning qora tanlilar huquqlariga qanday ...
21 february 2023
Jurnalist Rahimjon Rahmat yozadi: Shu,  kam ta'minlangan toifa allada aziz,  to‘rvada mayizga aylanib ketyapti.  Mayli,  kambag‘al toifalarga un, yog‘,  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...