UzPoster
25 october 2025

O‘zbekistonning «xitoylashishi»: Siyosiy bosim va iqtisodiy qaramlik sari 

Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan munosabatlari rivojlanayotgan bir vaqtda “xitoylashuv” degan tushuncha ham jiddiy xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda.

2013 – 2024 yillar oralig‘ida O‘zbekistonga Xitoydan 9.5 milliard AQSh dollari investitsiya kirgan bo‘lsa, 2025 yilning birinchi yarmidayoq ushbu tendintsiya keskin oshib, 4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu mablag‘larning qariyb 90% energetika, infratuzilma va transport sohalariga yo‘naltirilgan.

Moliyalashtirilgan sohalar bilan tuzilgan “egalik” shartnomalari esa o‘rtacha 35 yilni tashkil etmoqda. Mazkur sohalar davlatning eng asosiy, strategik sohalari ekanidan kelib chiqib bu holat, tobora kamayib borayotgan energetika zahiralari, davlatning qon tomirlari hisoblangan infratuzilma va transport sohalarining Xitoyga qaramligini keltirib chiqaradi.

Natijada, moliyaviy qaramlik xavfi ortib, Xitoydan olingan qarzlar katta miqdorga yetib bormoqda — bu O‘zbekistonni moliyaviy bosim ostida qoldirishi mumkin.

Xitoy investorlari Surxondaryoning Bobotog‘ konida mis va kumush konlarini, Namangan viloyatining Chust tumani hududida taxminan yiliga 30 000 tonna mis ishlab chiqarish quvvati bilan mis konini o‘zlashtirish, shuningdek, 2025 yil martida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida “13 ta tog‘-kon loyihasi”ni taxminan 5 mlrd AQSh dollari qiymatida amalga oshirishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, Navoiy viloyatidagi 31 ta konning Xitoyliklar qo‘lida ekanligi mamlakatning konchilik sohasi tanazzul yoqasiga kelib qolganini ko‘rsatadi. Achinarlisi, xitoyliklar o‘zlari yangi kon izlab topishga emas, bu yerdagi geolog olimlarning necha yillar mobaynida izlab topgan va istiqbolli deb bilgan va ayni vaqtda foydalanishda bo‘lgan konlarda ish boshlashmoqda. Bu olimlarning mamlakat ravnaqiga qo‘shayotgan hissasini puchga chiqaradi.

So‘ngi yillarda Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biriga aylandi. Bozorlardagi tovar narxlari xitoylik tadbirkorlari tomonidan belgilanmoqda. Bu esa mahalliy savdogarlarga “qimmatga tushmoqda”. Hatto Toshkentning yirik savdo komplekslarida xitoylik savdogarlar paydo bo‘lmoqda. Ular ishchi kuchini ham o‘zlari bilan olib kelmoqda.

Texnologik yo‘nalishda 5G, sanoat avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar sohasida Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik rivojlanishi mahalliy salohiyat egalarining ishlari yuzaga chiqmay qolishiga olib kelmoqda.

Xalqaro doiradagi iqtisodchilar O‘zbekistonning Xitoyga yaqinlashishi moliyaviy qaramlikka olib keladi deb baholamoqda. Bu so‘ngi yilda o‘z isbotini topmoqda — ayni vaqtda O‘zbekistonning Xitoydan olgan qarzlari katta miqdorga etib, mamlakatni moliyaviy bosim ostida qoldirmoqda.

Xitoyning “yumshoq kuchi” siyosati orqali esa mamlakatda xitoy madaniyati avj olmoqda. Bu yerga ishga kelgan xitoyliklarning o‘zbeklar bilan oila qurish holatlari, noqonuniy ikki, uchta ayollar bilan yashab kelayotgani ham aytilmoqda. Ayollar Xitoy madaniyatiga moslashib ulardan farzandlar orttirmoqda. Xitoy media makoni, til, ta'lim yo‘nalishlari jadallik bilan O‘zbekistonni qamrab oldi. Poytaxtda xitoy milliy taomlari restoran va kafelari ko‘paygandan ko‘paygan.

So‘ngi yillarda o‘nlab Konfutsiy maktablari, o‘nlab Xitoy madaniyat markazlari ochildi. O‘zbeklarni xitoyga bo‘lgan muhabbatini oshirish maqsadida har yili buyurtma asosida minglab media kontentlar yaratiladi. Xitoy va O‘zbekiston aloqalarini maqtab materiallar tayyorlagan jurnalist va blogerlar yiliga ikki marotaba nufuzli tanlovlar doirasida hukumat darajasida taqdirlanadi.

Hozirda O‘zbekiston privintiv siyosat olib borayotgan bir vaqtda, kuchlar muvozanatini saqlagan holda siyosiy xavfsizlikni ta'minlamoqda. Bu borada Xitoyga ortiqcha imkoniyatlarni berilishi qolgan mamlakatlar bilan siyosiy muvozanatda xavflarni yuzaga keltiryapti.

Xususan, aynan Rossiya va AQSh bilan tuzilgan iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa shartnomalar istiqboliga salbiy ta'sir o‘tkazyapti.

AQSh bilan tuzilgan hozirgi kungacha ikki yarim milliardlik shartnomalar bo‘ladigan bo‘lsa, deyarli hech qaysi birini keyingi 2 yilda amalga oshirmayapti, Rossiya bilan esa o‘zbek migrantlarini kamsitish va boshqa muammolar kundan kunga ortmoqda.

Xitoyga yaqinlashuv natijasida AQSh O‘zbekistonni o‘zidan itarmoqda, Rossiya esa siqmoqda.

Tag‘in o‘qing
3 january 2025
– Mana xafta zuvv etib aylanib,  yangi yilda yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ina amdolli tozo yilloda go‘rishmak ...
26 january 2016
O‘zbek qo‘shiqchisi Nargizning shanba kuni rus millatchi aëllarinig hujumiga uchrashiga ijtimoiy tarmoqdagi qadimchi o‘zbeklar hamdardlik bildirishmadi. Aksincha tarmoqlardagi muhofazakor ...
25 june 2021
Texnik sabablarga ko‘ra, bugun juma va'zi efirga uzatilmaydi. Ammo aziz mushtariylar uchun bir paytlar Urganchdagi men ishlagan TV ALS ...
5 january 2021
Rassom Elnur Egamov suratga olgan animatsion filmda poraxo‘rlik asorati hajv qilinadi. Film ijodkorlari uni Sardoba cuv ombori halokatiga 230 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...