Asosiy mavzular
15 october 2025

O‘zbekistonliklar uchun Turkiyada ishlash shartlari soddalashdi

Turkiyada turkiy davlatlar vatandoshlarini ishga joylashtirishni tubdan soddalashtiruvchi hujjat qabul qilindi. Turkiyaning rasmiy nashri bo‘lgan «Resmî Gazete»da bildirilishicha, 2025 yil 10 oktyabrda Tukriya prezidenti Rejab Toyyib Erdo‘g‘on imzolagan farmon kuchga kirgan va «Turktilli xorijliklar to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgan.

Farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston vatandoshlari uchun Turkiyada ishlash va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni soddalashtirishdir.

Endilikda turkiy mamlakatlar vatandoshlari jumladan o‘zbekistonliklar Turkiyada – ham davlat muassasalarida, ham xususiy sektorda rasmiy ravishda ishlashlari, turk vatandoshlari bilan bir xil huquqda hunarmandchilik va kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.

Ishga ruxsatnoma olish uchun shuningdek iqomat izni olish, milliy xavfsizlikka tahdid solmaslik, diplom ekvivalentini tasdiqlash va turkiy jamoaga mansubligini tasdiqlash kerak bo‘ladi. Yurtdoshlarimiz uchun eng muhim yangilik – boshqa horijliklar uchun shart hisoblangan murakkab ruxsatnoma jarayonlaridan o‘tish zarurati bekor qilingan (yoki tubdan soddalashtirilgan).

Faqat armiya va xavfsizlik tuzilmalarida xizmat qilish huquqi ularga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, Turkiya fuqarolari bilan bir qatorda kasbiy uyushmalarda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Yashash va ishga joylashish uchun Turkiya fuqaroligini olish majburiyati ham bekor qilingan.

Qaror 2025 yil 7 oktyabrda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining 12-sammitidagi muhokamalardan so‘ng qabul qilingan.

Sammitda davlat rahbarlari iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish va turkiy davlatlar o‘rtasida mehnat bozori erkinligini ta'minlash niyatida ekanliklarini bildirishgan.

Ekspertlar bu qadamni turkiy davlatlar jumladan O‘zbekistonning ham Turkiya bilan yaqinlashuvidagi yangi bosqich va Anqara so‘nggi yillarda gapirib kelayotgan birlik va qardoshlik g‘oyalarining amaliy ro‘yobga chiqishi deya atamoqda.

Tag‘in o‘qing
15 january 2021
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, yana 4000 qo‘shilibdi. To‘yda ...
13 september 2016
Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu ...
14 september 2016
Nemis OAVlarida O‘zbekiston prezidenti vafotiga oid e'lon qilingan maqolalarda, asosan, Karimovning qattiqo‘llikka asoslangan uzoq yillik hukmronligining ziddiyatli merosi, bu ...
26 february 2018
Kalamushlar kema cho‘kayotgani uchun emas, balki ularga qarshi kurashishga bel bog‘lagani uchun qochish harakatiga tushib qoldi. Bir necha kun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...