Asosiy mavzular
20 october 2025

Termizda Universitet xodimlari oylik berilmaganidan shikoyat qilishmoqda

Eltuzga Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti xodimlaridan navbatdagi fosh qiluvchi murojaat kelib tushdi. Unda aytilishicha, universitet rahbari Rasul To‘raev 1000ga yaqin xodimni ikki oydan beri maoshsiz qoldirgan. 

Sababi? Universitet qarzi 8,5 milliard so‘m ekan. Lekin bu pullarni kim yegani hali ham noma'lum.

O‘qituvchilarning aytishicha, hatto 0.25 va 0.5 stavkadagi darslar o‘tilib, ish bajarilgan bo‘lsa ham, haq to‘lanmayapti. Dardingni aytish uchun rektorning xonasiga borsangiz, “mudiringga bor”,dekaningga bor” degan javob beriladi. U yerdan ham haydashadi. Qisqasi, maosh so‘rash — jinoyat, og‘iz ochish — qo‘poruvchilik.

Janob To‘raevning o‘zi esa “hammangni quritaman” degan shoirona tahdidlari bilan nom qozonmoqda. Ilgari “yaxshi rahbar keldi” deb umid qilingan bo‘lsa, hozir u “vallomat” degan nom bilan tilga tushgan.

Ishga kirish uchun esa, xabarlarga ko‘ra, 2000 dollar bilan “yangi hayot” boshlash mumkin. Sababi, rektor “viloyat hokimi tomonidan qo‘yilgan”, demak “topshiriq ko‘p, xarajat ham shuncha”. Ya'ni, rektorlik — investitsiya. Haq to‘lanmas ekan, lekin to‘planar ekan.

Fosh bo‘lgan yana bir gap — pensiyadagi 9 nafar ustozni ishdan haydash rejasi. Ilmga umr bag‘ishlaganlar hozir ortiqchalik qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, Rasul To‘raev avval Termiz davlat universitetida prorektor bo‘lgan, hozir uning o‘rnidagi U.Axmedov TDMAUga o‘tibdi. Ikkalasi bir-birining kursisini almashgan. Bittasi Termizga, boshqasi uning o‘rniga. Bu orada kirdikorlar ham “qoplangani” taxmin qilinmoqda.

Murojaat egalari Vazirlikdan qat'iy chora ko‘rishni so‘rayapti. Agar javob bo‘lmasa, boshqa tashkilotlarga chiqishga tayyor ekanlarini ma'lum qilishdi. Eltuz esa kuzatishda davom etadi.

Tag‘in o‘qing
9 august 2023
Qiziriq tumani hokimi Sherzod Rajabov ayrim maktab direktorlarini ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlamoqda. Eltuzga kelgan shikoyatga ko‘ra, direktorlardan ...
6 november 2016
Shanba ertalab joni uzilgan Abdulla Oripov toshkentliklar kommunist-mozor deb aytadigan Chig‘atoy qabristoniga dafn qilinishini Eltuz.com manbalari tasdiqladi: «Shoir jasadi ...
22 october 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyat xatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon Xorazm viloyatlaridan kelgan. Dastlab ...
31 august 2020
Respublikaning bugungi rahbarlari qonunni, dehqonlarning huquqini umuman mensimayapti, 50 foiz fermerlarning yerlari tortib olib qo‘yilayapti, deydi Navoiy viloyatining Konimex ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...