Asosiy mavzular
22 october 2025

Pedofilning qochishiga yo‘l qo‘ygan qamoq qo‘riqchilari ustidan ish ochildi

Pedofilning qochishiga imkon yaratib bergan Toshkent viloyatidagi tergov hibsxonasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Natijada 31 yoshli mahkum mehnat faoliyati davomida manzil-koloniyadan qochib ketib, 3-sinf o‘quvchisini zo‘rlagan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bergan edi.

Idoraning ma'lum qilishicha, hozirda jinoyatchi ushlanib, hibsga olingan. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) va 119-moddasi 4-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, mutaxassislar hozirda jabrlangan qizga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma'lum qildi. U bilan psixolog ishlamoqda.  Agentlik ishni o‘z nazoratiga olganini ta'kidlamoqda.  Voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquqlari, psixologik va ijtimoiy himoyasini ta'minlash maqsadida mutaxassislar tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Shuningdek, IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti bosh tergov hibsxonasining intizomiy bo‘linmasi qorovuli va boshqalarga nisbatan 214-modda 3-qismi “v” bandi (Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, voqea 16-oktyabr kuni Ohangaron tumanida sodir bo‘lgandi. Erkak 50-sonli manzil-koloniyadan mehnat faoliyati davomida qochib ketib, 3-sinf o‘quvchisini zo‘rlagan. Shundan so‘ng jinoyatchi dalada mahalliy aholi tomonidan qo‘lga olingan. U 2018 yilda Jinoyat kodeksining 118-moddasi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) 4-qismi bilan 16 yilga, 2033 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Sudning 2024 yil avgustdagi qarori bilan u qolgan 9 yil 2 oy 19 kunlik jazo muddatini o‘tash uchun manzil koloniyasiga o‘tkazilgan.

Tag‘in o‘qing
26 october 2023
Bundan 6 yil avval ya'ni, 2017 yilning 24 iyulida 60 yoshni qarshi olgan prezident Shavkat Mirziyoevning tug‘ilgan kuniga sovg‘a ...
22 december 2025
1882 yil 22 dekabr — Tomas Edison birinchi marta elektr yoritqichlari bilan bezalgan Yangi yil archasini ommaga namoyish qildi.  13 ...
13 october 2017
11 oktyabr kuni ixtimoiy tarmoqlarda «Mahalla» telekanalining Sirdaryo tumani muammolari haqidagi ko‘rsatuvi videosi ovoza bo‘ldi. Ko‘rsatuvda tuman hokimi mulozimi ...
7 february 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 42-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) SO‘ZBOShI O‘RNIDA Sof ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...