Asosiy mavzular
24 october 2025

Milliardlarni o‘margan korruptsioner qanday oqlandi?

2025 yilda “Buxoro Dori-Darmon” MChJ rahbari Dilmurod Axatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi — jamoatchilik diqqat markazida bo‘lgan, katta miqdorda davlat mablag‘lariga oid da'volar bilan bog‘liq ish — to‘satdan va shubhali tarzda oqlanish bilan yakunlandi. 

Axatov ustidan qo‘zg‘atilgan ayblovlar — hujjat soxtalashtirish, ishonchni suiiste'mol qilish, mansab vakolatini buzish va boshqa moddalar bo‘yicha tergov qilingan, hatto u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingandi.

Qizig‘i shundaki, bu ishni Buxoro viloyati prokuraturasining 18-bo‘limi tergov qilgan. Tergov jarayonida D.Axatov qamoqqa olingan va qarindoshlari tomonidan 4,4 milliard so‘m pul to‘langach, ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan. Ish tergov organi tomonidan sud muhokamasiga yuborilgan. Ammo sud jarayonida u to‘liq oqlandi. Unga nisbatan jinoiy ish tugatildi, va 4,4 milliard so‘mlik garov mablag‘i o‘z egasiga qaytarildi.

Eng ko‘zga tashlanadigan holat — jamoatchilik orasidagi tasavvur bilan sud qarorining mutlaq zidligi. Ilgari Eltuzda chop etilgan materiallarda Axatov davlat mulkini shaxsiy foydasi uchun ishlatish, sotib yuborilgan binolar o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurib, shaxsiy daromad olish, shifoxonalarni majburan keraksiz dorilar xarid qilishga majburlash, “o‘lik ro‘yxat”dagi xodimlar orqali maosh olish, maoshlarni kechiktirish va boshqa jiddiy ayblovlar keltirilgan edi. Ushbu ayblovlarning barchasi sudda inkor qilindi.

Yanada diqqatga sazovori — sud jarayoni yakunida aybdor sifatida Ilhom Tilyaev topildi. U 139-moddaning “g” bandi (ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat qilish) bo‘yicha aybli deb topilib, 18 million 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Jarima davlat foydasiga undiriladigan bo‘ldi. Sud, Tilyaevning jinoyatida “munosib xulq atvor”ni e'tiborga olib, unga nisbatan ayrim yengillashtiruvchi holatlarni qo‘lladi.

Shuningdek, tergov jarayonida D.Axatovga nisbatan ilgari qo‘llangan “munosib xulq avtorda bo‘lish haqida tilxat” ham bekor qilindi.

Shu bilan sud jarayonida asosiy e'tibor jinoyatda gumon qilingan rahbar emas, balki uni tanqid qilgan shaxs — Ilhom Tilyaevga qaratilgan bo‘ldi. Jamoatchilikda esa aksincha — Axatovga nisbatan qator jiddiy ayblovlar bo‘lgan. 

U davlat mulkini boshqaruvi ostida bo‘lgan holda, “Karmen plyus” xususiy klinikasi orqali shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan, katta boylik to‘plagan, va bu jarayonda manfaatlar to‘qnashuvi va suiiste'mol holatlari bo‘lgani qayd etilgan.

Ilgari jamoatchilik e'tiboriga yetkazilgan muhim faktlardan biri — Axatovning Shahram G‘iyosovning tog‘asi ekani. Uning mahalliy huquqni muhofaza qilish tizimidagi yaqinlari, xususan, Buxoro shahar prokuraturasida katta tergovchi lavozimida ishlovchi jiyani orqali unga nisbatan har qanday chora ko‘rilishining oldi olinayotgani haqidagi iddaolar ham ilgari ma'lum qilingan edi.

Jamoatchilik bu ishning natijasidan hayratda qoldi. Chunki bir tomonda tergov organi qamoqqa oladi, davlat mulkiga zararni hisoblab, pul talab qiladi. Ikkinchi tomonda esa — sud buni noto‘g‘ri deydi va barcha ayblarni rad etadi.

Sud hukmi qonuniy kuchga kirdi. Ammo jamoatchilik uchun asosiy savol hamon ochiq: agar tergov to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lsa — nega sudda barchasi inkor etildi? Agar sud to‘g‘ri bo‘lsa — nimaga tergov paytida inson qamaldi, va undan milliardlarcha so‘m garov talab qilindi?

Bu ishda kim haq, kim yolg‘onchi — qonunga emas, ta'sir va tanish-bilishga bog‘liq degan xayoldan chiqish qiyin. Bu nafaqat bitta shaxs yoki kompaniya masalasi — balki sud-tergov tizimiga bo‘lgan ishonch sinovi hamdir.

Tag‘in o‘qing
12 february 2021
Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli bo‘lgan 40 yoshli bloger Otabek Sattoriy ishi ancha shov-shuv, munozara va e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu voqeaga nafaqat mahalliy, ...
19 december 2016
Taniqli xonanda Ozoda Nursaidova 17 dekabr kuni o‘zining instagramm sahifasida Shavkat Mirziyoevdan kechirim so‘rashi haqida yozdi va saylovda unga ...
2 february 2022
Buxoro viloyatidagi “Bukhara brilliant silk” fabrikasi ta'sischisi, 4 oydan beri qamoqda qolaëtgan Baxtiyor Jo‘raevning onasi Robiya Doniërova yutubdagi chiqishida ...
22 october 2015
Bugun ertalab taksida ishga ketayotgan mahalimda,meni qitmirligim ishga tushib hukumatni va siyosatni maqtashga tushdim. Shu mahal taksi haydovchisi menga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...