Asosiy mavzular
26 october 2025

Namanganda «Ekipaj taksi»dagi qarindosh-urug‘chilik ortidan tekshiruv boshlandi

Transport nazorat inspektsiyasining Namangan viloyati hududiy bo‘limi 1069 «Ekipaj taksi» agregatorining faoliyati qonunda belgilangan tartibga muvofiqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan o‘rganish boshlanganini va natijalar haqida yaqin vaqtda axborot berilishini ma'lum qildi.

O‘rganish Eltuzda chop etilgan xabar ortidan boshlandi. Nashrga murojaat qilgan, o‘zini “Namangan tumani 1069 ekipaji a'zosi” deb tanishtirgan shaxsning aytishicha, xizmatda “tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik” avj olgan, taksilarga ulangan haydovchilarga ball tizimi joriy etilgan va unda “qarindoshlar, oshna-og‘aynilar” ustunlikka ega bo‘lmoqda.

Haydovchilar 15 000 so‘m ishga 12 000 so‘m berilayotgani, e'tiroz qilganlarga “ishlasang shu, bo‘lmasa ishlama” degan javob berilayotganini iddao qilgan.

Transport nazorat inspektsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, o‘rganish natijalari ommaga taqdim etiladi.

Tag‘in o‘qing
9 april 2024
Eltuzning ishonchli manbasi xabar berishicha, Andijon shahar elektroset yuristi mansabini suiiste'mol qilib, 10 mln. so‘m pora olayotganida ushlandi. Manbaning ...
11 january 2026
Sening qalbing dunyodagi hamma narsadan kattaroqdir. Shunday ekan, uni tor fikrlar va kichik tashvishlar bilan to‘ldirib qo‘yma.
8 february 2022
2022 yil 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Hazorasp tumani sudi mahalliy bloger Sobirjon Boboniyozovni O‘zbekiston prezidentini haqorat qilishda ...
19 february 2023
Bugun arxivlarni titar ekanman ëzuvchi Abdulla Qodiriyning o‘smonli adabiëtini muntazam o‘qigani va ilk turk ro‘mon ëzari Shamsiddin Somiydan ta'sirlanganligini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...