Asosiy mavzular
1 november 2025

Bog‘otda IIB qing‘irliklari yuzaga chiqdi

Eltuz ixtiyoriga yetib kelgan yangi ma'lumotlarga ko‘ra, kecha, 31 oktyabr kuni tushdan keyin Bog‘ot tumani markazi ostin-ustun bo‘lib ketgan. Chunki tuman markaziga viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimovning shaxsan o‘zi, huquq-tartibot organlarining rahbarlari kelgan.

Xorazmlik korchalonlarni Bog‘otga yetaklagan narsa nima? Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning ishongan oshpazi Ulug‘bek Nurmetovichning qing‘ir ishlari, xususan, davlat tomonidan kambag‘allar uchun qurilgan uylardan kvartiralarni yaqin va qarindoshlarining nomiga olib, ularni “ijara” niqobi ostidagi islovotxonalarga aylantirgani, Bog‘ot IIB xodimlari esa bunday g‘arxonalarni qo‘riqlashi haqida Eltuzda kecha chiqqan xabar edi.

Rasmiy shaxslar islovotxonalarni aniqlab, yopish uchun kelgan, deb o‘ylasangiz adashasiz. Ular Eltuzga bu ma'lumotlarni, ayniqsa, videoni kim yuborganini aniqlab, o‘sha odamni jazolash uchun kelganlar. 

Vaholan-ki, Eltuz bu ma'lumotlar va videolavhani o‘zining ichki ishlar idoralaridagi ishonchli manbalaridan bundan taxminan bir necha kun oldin olgan edi. Ayni manbalarning Eltuzga bildirishicha, huquq-tartibot xodimlari axborotni sizdirgan odamni eski sxema bo‘yicha, ya'ni o‘sha jalabxonalar haqida rasmiy shikoyat yozgan fuqarolar orasidan aniqlash va jazolashga kirishganlar. 

Endi asosiy masalaga o‘tsak. Bog‘ot tumani Ichki ishlar bo‘limining Elyor ismli xodimi nega g‘arlarni ham, g‘arxonalarnin ham muhofaza qiladi? Chunki tuman markazida yuritilayotgan seks-biznesdan u ham ulush oladi. Eltuzga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, Elyor-milisa Bog‘ot markazida fohisha sotish bilan shug‘ullanayotgan har bir qo‘shmachi xotindan har oyda besh million so‘mdan “dolya” oladi, deydi Eltuz manbalari.

Masalan, “Oqtepa” mahallasidagi “E'zoz” do‘konining orqasida joylashgan hamda xalq tilida “Gurlenskiy”, deb ataladigan ko‘chadagi kvartiralarni rieltor sifatida ijaraga olib, u yerga fohisha qizlarni joylashtirib, ishlatadigan F. X. -Elyor-mentga “o‘lpon” to‘laydigan mama-rozalardan biri. Bu qo‘shmachi xotin Elyorni nafaqat oylik “dolya” bilan, balki ayollar bilan ham ta'minlab turganini videoga yozdirib, muhrlab qo‘ygan. Shu sabab, jalabxonalarni begona ko‘zlardan qo‘riqlash bilan shug‘ullanadigan bog‘otlik milisa mama-rozaga ipsiz bog‘langan. 

Eltuzda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Bog‘ot tumani IIB korruptsiyaga shu qadar botgan-ki, ular pora evaziga hatto og‘ir jinoyatlarni ham ro‘yxatga olishmaydi, hammaga ma'lum jinoyatchini jazolash o‘rniga, jabrlanuvchining o‘ziga bosim o‘tkazishadi. 

Misol uchun 2025 yilning 3 avgust kuni fuqaro Mahbuba Abdullaeva o‘z uyida Gulnoza ismli ovsini tomonidan pichoqlanadi. Jabrlanuvchi uyidan qonga belangan holda qochib chiqib, qo‘shnilarining telefoniga qarab, sodir bo‘lgan vaziyatni gapirib beradi. 

Keyin esa Bog‘ot tumani ichki ishlar bo‘limiga borib, pichoqlangani haqida ariza berib, arizasiga ilova sifatida o‘sha telefonga olingan videoni ham taqdim etadi. (Mahbuba Abdullaevaning videosi ushbu maqolaga ilova qilingan)

Biroq Bog‘ot tumani IIB bu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmagan, Mahbuba Abdullaevani sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazmagan. Aksincha, pichoqlangan ayolning o‘zini qo‘rqitib qo‘ygan. Nega? Chunki o‘sha Gulnoza ismli pichoqboz xotin milisalar tomonidan arizachilarga qarshi tashlanadigan OBONchi ayollar sirasiga kiradi hamda Bog‘ot tumani IIB mas'ul xodimi Elyorning himoyasida narkotik sotadi, deydi Eltuz manbalari.  Xullas, bog‘otlik milisalar o‘z narkotujjorini har tomonlama himoya qilishadi.

Kecha Bog‘otga borib, “trevoga” ko‘targan Jo‘rabek Rahimov ham asl jinoyatchilarni emas, uning oshpazi Ulug‘bek Nurmetovichga oid kriminal biznesni Eltuzga sizdirgan kishilarni jazolash uchun hammani oyoqqa turg‘izgan bo‘lsa ajabmas. 

Tag‘in o‘qing
13 november 2023
Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga ...
25 june 2018
O‘zbek fermerlari qog‘ozda mustaqil sub'ektlar hisoblanishsa-da, amalda butunlay hokimiyatga qaramdirlar. “Eltuz” Xorazm viloyatida bog‘dorchilik qilayotgan fermer bilan gaplashdi. Suhbatdan ...
1 june 2021
Qashqadaryolik o‘qituvchilar viloyat hokimi topshirig‘i bilan har kuni majburiy marafonda qatnashayotganidan shikoyat qilishmoqda. Koson tumani maktablaridan birida o‘qituvchilik qiluvchi ...
17 february 2016
Bundan ilgari Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) o‘zining Porsche Cayenne mashinasining oynasi sindirilgani, qimmatbaho 12000 dollarlik Vertu mobil telefoni o‘g‘irlanganidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...