Ichan qal'ani kemirayotgan kalamush kim?
Xorazm viloyat madaniy meros boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan, so‘ng lavozimidan “ariza”siga asosan bo‘shatilgan Alisher Ismailov 2023 yilda “Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga rahbar etib tayinladi.
Tayinlov ortida Xiva shahrining hokimi turgani iddao qilinmoqda. Alisher Ismailov tizimida nepotizmni urchitib, yirik talon-torojga qo‘l urganlikda ayblanmoqda.
Alisher Ismailov “Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasining rahbari bo‘lsa, uning o‘g‘li Ibrohim madaniy meros yodgorliklarni restavratsiya bo‘limida nazoratchi bo‘lib ishlab keladi.
Shuningdek, Alisher Ismailovning ukasi Ismoilov Muxammadali Ibragimovich “Deshan qal'a” va boshqa tumanlardagi madaniy meros ob'ektlarini rekonstruktsiya qilish bo‘yicha mas'ul bo‘lib ishlab, madaniy meros ob'ektlar uchun ajratilgan pullar asosan u rahbarlik qilgan “MILLIY MEROS CITY” xususiy korxonasi orqali talon-toroj qilinayotgani ta'kidlanmoqda.
«Alisher Ismailov Madaniy meros agenligi Xorazm viloyati boshqarmasi rahbari bo‘lgan paytida 2017 va 2021 yilgacha “MILLIY MEROS CITY” xususiy korxonasidan ya'ni ukasining g‘isht zavodida ishlab chiqilgan sifatsiz hom va pishgan g‘ishtlarni “Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasi ichidagi qurulishlariga va “Deshan qal'a” devorlarini restavratsiyasiga 15 mlrd.so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi» – deydi tizim vakillari o‘z murojaatida.
“Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasida ishlayotgan manba xabariga ko‘ra, Alisher Ismailovning ish faoliyati davrida “Islom xo‘ja” minorasi hamda “Oq shayx bobo tepaligi” muzeyidan shu kungacha mahalliy sayyohlardan 50 ming so‘mdan, chet ellik sayyohlardan esa 100 ming so‘mdan pullar olinib kelingan, biroq, ushbu tushumning ko‘p qismi kassada kirdim qilinmaydi. Pul to‘playdigan xodimlar ham asosan Alisher Ismailovning qarindoshlari bo‘lib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yib ishlab kelishmoqda, ushbu xodimlar ish joyi umuman almashtirilmagan.
“Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasida eskidan saqlanib kelingan antikvariat hisoblangan tarixiy esponatlarning ko‘pi talon-toroj qilinib, o‘rniga o‘xshash soxta yodgorliklar qo‘yilgan. Ushbu holatlar YuNYeSKOning maxsus ekspert mutaxassislar tomonidan batafsil o‘rganilsa, tarixiy yodgorliklarning o‘rniga soxtalari qo‘yilganligi ma'lum bo‘ladi.
Eltuz xabarida yoritilgan “Tandiriy” kafesidagi antiqvariant hisoblangan tarixiy ustunlar haqida, “Xorazm bugun” ommaviy axborot tarmog‘ida munosabat bildirildi.
Munosabatda “ma'lum bo‘lishicha, ushbu ustunlar Xiva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy naqqoshlik ustasiga tegishli bo‘lib, u 20-30 yillar oldin vayronaga aylangan qadimiy uylardan ushbu ustunlarni yig‘ib, shaxsiy kollektsiyasida saqlab kelgan» deb qayd qilib, atiqa hisoblangan “Ichan qal'a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga aloqador tarixiy yodgorliklar talon-taroj qilinganligini oqlashga harakat qilishdi.
“Tandiriy” kafesiga o‘rnatilgan ushbu ustunlar, ustunlar ustiga qo‘yilgan “Qosh” yog‘ochlar hamda ustun tagiga qo‘yilgan ustunni ushlab turadigan tirgaklar, hamda tarixiy ikki tabaqali darvoza 20-30 yil oldingi narsalarmi yoki asrlar davomida saqlangan madaniy yodgorlikmi?
Buni aniqlash uchun Madaniy meros agentligi yoki YuNYeSKOning maxsus ekspert mutaxassislari tekshiruv o‘tkazishlari o‘tkazishi shart.
