Asosiy mavzular
12 november 2025

Paxta terimi tugadi – to‘lovdan darak yo‘q

Andijonda terimchi ayollar bir oydan buyon paxta pulini ololmayapti. Klasterning fermerlardan milliardlab qarzi borligi aytilmoqda.

«Daryo» nashrining ma'lum qilishicha, Marhamat tumanida yashovchi bir guruh terimchi ayollar paxta pulini ololmayotgani yuzasidan nashrga murojaat qilgan.

Ayollarning ta'kidlashlaricha, oktyabr oyi boshidan beri tergan paxtalari uchun pul berilmagan. Fermer xo‘jaligi rahbariga bir necha marta qilingan shikoyatlar befoyda bo‘ldi. U «Qaerga murojaat qilsangizlar ham qiliveringlar, menga klaster pul bermayapti», deb javob qaytargan.

Aksariyat klasterlar fermerning haqqini oylab hatto yillab kechiktirib to‘laydi. Hokimlik fermerga hosil talabi bilan bosim qiladi, klasterlar hosil pulini to‘lamay sarg‘aytiradi. Yangi O‘zbekiston fermerlar uchun Sarsonistonga aylandi.

Tag‘in o‘qing
25 january 2026
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosining boshi kesilgan jasadi topildi. Bu haqda mahalliy Sabah nashri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Istanbul ...
4 june 2021
Surxonga nur yog‘di, jonlandi olam, Go‘yo farishtalar bo‘lganidek jam. Otamiz keladir mard tashlab qadam, Surxonga jannatdan shamol yeladi, Ey ...
2 february 2021
«Eltuz» shoir va muxolifatchi Muhammad Solihning yangi badiiy asari, falsafiy esse formatida yozilgan – «Imperativ» kitobining audioversiyasini taqdim qiladi. ...
7 march 2018
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi. Bir dona orxideya guli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...