Asosiy mavzular
21 november 2025

Namanganda Universitet «bunkeri» fosh bo‘ldi

Namangan shahrida ta'lim tizimida ishlovchi mansabdor shaxslar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori o‘rinbosari, Namangan davlat texnika universiteti bo‘lim boshlig‘i hamda ushbu bo‘lim mutaxassisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, malaka toifalarini belgilash uchun o‘tkazilgan attestatsiya imtihonlari doirasida test sinovlarini topshirishlarida pedagog o‘qituvchilarga moddiy manfaat evaziga “bunker” orqali masofadan turib yordam berganliklari aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “bunker” sifatida foydalanilayotgan xonadon ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzilda test savollarini yechishga jalb qilingan 12 nafar o‘qituvchi borligi aniqlanib, noutbuk, 30 dona har xil turdagi eshitish moslamasi va yashirin kameralar, 8 dona “Wi-Fi” router va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davomida, maktab direktori o‘rinbosari va boshqalar imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishga ishontirgan holda, viloyatdagi pedagog o‘qituvchilarning ma'lum bir qismidan 1300-1500 AQSh dollaridan talab qilib, joriy yil sentyabr-oktyabr oylarining o‘zida 25 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i yig‘ib olishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori o‘rinbosari hamda “bunker”ni boshqarayotgan, 2001 y.t. fuqaro muqaddam aynan shunday jinoyat sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
27 april 2017
Hukumat «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bu qonun kuchga kirsa, hukumat ...
30 june 2017
Mirziyoev artistlar bilan uchrashuvida «xalq uchun ishlayotgan» akterlarga teatr yonidan ko‘p qavatli uy qurib berishni va'da qildi. Prezidentning fikricha, ...
7 january 2017
Hurriyat va boshqa turk gazetalarining ëzishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir ...
12 december 2023
Cankt Peterburgning «Krasnoe Selo» tumanida uch nafar O‘zbekistonlik bola Lenin ko‘chasidagi «Mangu olov»ni o‘chirib qo‘yishdi, deya yozmoqda Rossiya nashrlari. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...