Asosiy mavzular
21 november 2025

Namanganda Universitet «bunkeri» fosh bo‘ldi

Namangan shahrida ta'lim tizimida ishlovchi mansabdor shaxslar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori o‘rinbosari, Namangan davlat texnika universiteti bo‘lim boshlig‘i hamda ushbu bo‘lim mutaxassisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, malaka toifalarini belgilash uchun o‘tkazilgan attestatsiya imtihonlari doirasida test sinovlarini topshirishlarida pedagog o‘qituvchilarga moddiy manfaat evaziga “bunker” orqali masofadan turib yordam berganliklari aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “bunker” sifatida foydalanilayotgan xonadon ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzilda test savollarini yechishga jalb qilingan 12 nafar o‘qituvchi borligi aniqlanib, noutbuk, 30 dona har xil turdagi eshitish moslamasi va yashirin kameralar, 8 dona “Wi-Fi” router va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Tergovga qadar tekshiruv tadbirlari davomida, maktab direktori o‘rinbosari va boshqalar imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishga ishontirgan holda, viloyatdagi pedagog o‘qituvchilarning ma'lum bir qismidan 1300-1500 AQSh dollaridan talab qilib, joriy yil sentyabr-oktyabr oylarining o‘zida 25 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘i yig‘ib olishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, Davlatobod tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori o‘rinbosari hamda “bunker”ni boshqarayotgan, 2001 y.t. fuqaro muqaddam aynan shunday jinoyat sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
24 october 2023
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi TV katta muharriri Muhiddin Sulaymonov Gitler fashizmi tarafdori ekanligini ëzib chiqdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gitler ...
4 march 2022
Taniqli amerikalik rus iqtisodchisining bashoratlari.Tez orada rossiyaliklar kundalik ehtiyoj mollar tanqisligiga ro‘baro‘ bo‘la boshlashadi.Rossiya iqtisodiyoti jahon savdosiga qattiq moslashgan. ...
8 november 2024
– Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman.  MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
1 august 2017
O‘tgan yili o‘lgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan yelkama-elka FondForum tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan amaldorlardan biri 54 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...