Parijda «o‘g‘irlangan o‘zbek» bankiri
L’EXPRESSVA THE INSIDERSURIShTIRUVIGA KO‘RA,VOQYeA INSTsYeNIROVKA BO‘LGAN
Bugun O‘zbekistonda «tadbirkor va bankir» deb ardoqlanaëtgan Qahramonjon Olimovning shu yil ëzda Frantsiyada o‘g‘rilangani va qiynoqqa solingani shunchaki teatr, bo‘libam ko‘ti bilan boshi kelishmagan havaskor teatr ekani haqida The Insider nashrlaridagi surishtiruv
maqolaga tayanib xabar ëzuvdim to‘rt kuncha oldin.
Qahramonjon Olimov Shundan keyin o‘zbek matbuoti va sotsial mediada ham bu haqda ëzildi. Ammo birin ketin L’Express va The Insider nashrlaridagi surishtiruv maqolaning o‘zbekcha tarjimalari g‘oyib bo‘la boshladi.
Negaligini navbat menga kelganda tushundim. Kimdir mening hatto onam ham bilmaydigan telefonimga qo‘ng‘iroq qilib «muomala» bilan «o‘sha maqolani obtashang, tadbirkor Qahramonjon Olimov obro‘siga soya sovotti. Kattalarga yetmasin bu gap» deyishdi.
«Men obtashaganim bilan L’Express va The Insider obtashmaydi, bundan nima samara» desam, «Kattalar frantsuzcha o‘qimaydi, ammo siz pashshadan fil yasab maqolani laganga solib bervossiz. Qmeng shu ishni» deyishdi.
Jurnalistga palon maqolani obtasha ëki ëzma deyishning o‘zi bir maqola bo‘ladi. Yurib turgan tutum shu. Bo‘libam el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi, juvlodizni kandir qop ichida saqlab bo‘lmaydi — baribir teshib chiqadi.
Xullas, o‘sha maqolani yana bir marta sizlarga taqdim qilaman. O‘qimagan kattalar o‘qib «Anorbankda shunday artistimiz bor ekan, bilmagan ekanmiza» desin. Qani, mutoalaga
ëpirildik.
O‘zbek bankiri Parijda «spektakl» qo‘yib Botir Rahimovni lol qoldirmoqchi bo‘ldi ammo…
Yer yuzidagi professional jurnalizmning yaxshi o‘rnagi, fakt cheking va surishtiruv janrida tengi yo‘q THE INSIDER nashri o‘zbek millioneri Qahramonjon Olimovning «spektakl intsinirovkasini» fosh qilib tashladi.

Gollivud kinolarida o‘ziga o‘zi suiqasd uyushtirganlar haqida syujet ko‘rardik. Qahramonjon yoshligida gorshokda o‘tirib shu kinolarni ko‘proq ko‘rvorgan shekilli. Ëngsilab, taqlid qilib «Meni o‘ldirishmoqchi bo‘ldi» degan teatrga frantsuzlarni ishontirdi. Ammo ko‘ti bilan boshi kelishmagan bu teatrni jurnalistlar fosh qildi. Yashasin professional jurnalistlar deya ta'zim qilgan holda maqolani o‘qiymiz.
Parijda o‘zbekistonlik bankirning o‘g‘irlanishi — tortib olingan biznesni «legallashtirish» va qarzlarni yopish uchun sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkin — (Jurnalistik surishtiruv.)
2025 yil yozida o‘zbek bankir Qahramonjon Olimov Frantsiyada o‘g‘rilangani va qiynoqqa
solingani haqida bayonot berdi. Olimovning ta'kidlashicha, jinoyatchilarning maqsadi va talabi 10 mln dollar undirish bo‘lgan.
Bu voqeani — Olimov va uning vakili so‘zlariga tayanib — frantsuz nashri Le Monde yozib chiqdi, shundan so‘ng bu xabar butun dunyo OAVida, ayniqsa, O‘zbekistonda faol tarqatildi. Dazmolni ëqsak ham shu xabar chiqaverdi.
L’Express va The Insider’ning qo‘shma surishtiruvi esa ushbu hikoyada ko‘plab
ziddiyatlarni aniqladi. Olimov jinoyatni «B. R. ga yaqin insonning ishonchli vakili M.» sodir etganini aytdi.
Gazeta Olimovdan tashqari hech qanday ismni ochiqlamagan. The Insider Olimov ayblayotgan shaxslarning kimligini aniqladi, shuningdek, hodisada instsenirovka alomatlarini topdi. B. R. — bu o‘tmishda mashhur o‘zbek oligarxi Botir Rahimov. (Paxtakor egasi — Botir Alyumin.)
Olimov esa uning sobiq xodimi. The Insider manbalariga ko‘ra, Olimov aynan 2016 yilda O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan Rahimovning aktivlari hisobiga «moliyaviy magnat»ga aylanib jit qilgan.
M. — Rossiya fuqarosi, Turkiyada Rahimovning biznes sherigi. U haqdagi to‘liq ma'lumot tahririyatda mavjud, ammo shartlar tufayli jamoatchilikka ochiqlanmagan. The Insider «bankir o‘g‘risi» M.ning advokati orqali unga savollar yo‘lladi, Botir Rahimovga esa uning qabulxonasi orqali. L’Express jurnalistlari Olimovga yaqin manba bilan suhbatlashdilar. The Insider qo‘lida Olimov va M. o‘rtasidagi yozishmalar, safar hujjatlari, moliyaviy ma'lumotlar va boshqa protsessual hujjatlar mavjud.
Olimovning versiyasi
2025 yil 22 iyunda tush paytida uni Parij markazida majburan mikroavtobusga o‘tqazib, noma'lum joyga olib ketishgan. U yerda M. uni qiynagan va 10 mln dollar talab qilgan. Keyin Olimovni Nitstsa atrofidagi villaga olib ketishgan, u yerda ham qiynoq va pul talab qilish davom etgan. M. go‘yoki Olimovni otib tashlashni imitatsiya qilgan va uni O‘zbekiston hukumatini
haqoratlashga majbur qilgan. Olimov 5 mln dollar beraman deb tilxat yozishga va 200 ming dollarni darhol to‘lashga rozi bo‘lganidan keyin, go‘yo «qo‘yib yuborishgan». U shundan keyin politsiyaga murojaat qilgan.

The Insider va L’Express aniqlagan faktlar Olimov va M. o‘rtasidagi yozishmalarda jinoyatchi-jabrlanuvchiga xos nafrat yoki keskinlik yo‘q. Aksincha, ular o‘zaro hurmat bilan, hatto do‘stona muloqot qilishgan. Xuddi sevishganlar kabi.
VILLA HAQIDA
Nitstsa yaqinidagi, aniqrog‘i Rokfor-le-Pan kommunasidagi villa kriptovalyuta orqali arendatorning «anonimlik» talabi bilan ijaraga olingan. Ilk bor guvohnoma sifatida arendatorga Olimovning yaqin odamlaridan biri — Shuxrat Ziyoviddinovning frantsuz pasporti yuborilgan.

Safar hujjatlari
Olimov 23 iyun kuni «ozod qilingach», uning Parijga birinchi klass chiptasi M.ning shaxsiy haydovchisi kartasi bilan to‘langan. M. bu chiptani o‘z rasmiy raqami orqali Telegram’da Olimovga yuborgan.
Politsiyadagi tergov paytida ham ular telegramda yozishib o‘tirishgan. 24 iyun kuni Olimov politsiyada 15:00 dan 22:30 gacha so‘roq qilingan. Xuddi shu paytda u Telegram orqali M. bilan do‘stona yozishgan va «200 ming dollar qarz»ni topshirishni muhokama qilgan.
Pul 19:00 larda berilgan — ya'ni so‘roq jarayonida. Yozishmalar 26 iyungacha davom etgan. Olimovning oxirgi xabari:
«Meni shoshilinch politsiyaga olib ketishyapti. Aloqani o‘chiryapman.»
M. javob bergan:
«Nima uchun? Ular instsenirovka ekanini bilib qolishdimi?»
26 iyunda yozishma to‘xtagan, 28 iyunda M. yangi raqamdan yana yozgan:
«Bir tomondan sen ariza yozding, ikkinchi tomondan meni ogohlantirding. Men tushunmayman: sen hali ham do‘stmisan yoki yo‘qmi?»
Olimov javob qilgan:
«Oramizda dushmanlik yo‘q… Situatsiya o‘z yo‘li bilan ketyapti. Men nazorat qilmayapman.»
TIBBIY KO‘RIK
Qiynoqlar go‘yo 22–23 iyunda bo‘lgan. Ammo Olimov 8 kun o‘tib, 30 iyunda ko‘rikdan o‘tgan. Faqat ozroq ko‘kargan va tirnalgani aniqlangan — kelib chiqishi noma'lum. O‘ynashiga timdalatgan degan taxmin bor.
FON: OLIMOV–RAHIMOV MUNOSABATLARI
2016 yilda Botir Rahimov Egey dengizi bo‘yidagi mehmonxonani sotib olib, Turkiyaga ko‘chgan. Kapitalbank va uning o‘nlab kompaniyalari esa Olimov boshqaruvida qolgan.
2017 yilda Olimov Rahimovga: «Biznesingiz xavf ostida, ta'siri qudratli odamlar tortib oladi. Hammasini arzonga sotib, saqlab qolish mumkin», — deb ishontirgan. Shu tarzda u Rahimovni o‘z aktivlarini Olimovning o‘ziga 13,5 mln dollarga rasmiylashtirishga ko‘ndirgan. Rahimov bu bitimni juda noqonuniy va og‘ir shartlar deya qabul qilgan. Olimov keyinchalik qo‘shimcha 10 mln dollar va'da qilgan. Bu pul M.ga to‘lanishi kerak edi — chunki Rahimovning u bilan hisob-kitoblari bor edi.
Biroq Olimov M.ga bir dollar ham to‘lamagan. M. 2019 yildan beri Yevropa va Moskvada Olimovdan qarzni talab qilib yurgan. Rahimov O‘zbekistonga qaytgach, tergov o‘tkazib, Olimov aktivlarni faqat “posrednik” sifatida emas, balki o‘zining asosiy manfaati uchun olib qolganini aniqlagan.
Olimov esa katta sarmoyalar qilib, Germaniyada mehmonxona, o‘z banki, energiya konsortsiumida ulush sotib olgan. U frantsuz jurnalistlariga hozir 1 mlrd dollardan ortiq aktivlarni boshqarayotganini aytgan.
Rahimov hemirisiz qolgan va 200 mln dollardan ortiq tovon talab qila boshlagan. Shuning ortidan «Parijdagi o‘g‘irlanish» haqidagi xabar paydo bo‘lgan.
Instsenirovka qilingan ushbu «o‘g‘irlash» natijasida Olimovning raqibi Rahimov zarba ostida qoldi, chunki agar go‘yoki jinoyatni Rahimovning hamkori M. sodir etgan bo‘lsa, uning asosiy tashabbuskori sifatida Rahimovning o‘zi ko‘rsatilishi mumkin edi.
M.ga kelsak, u Olimovning «o‘g‘irlanishi» uchun undan 200 ming dollar olgan, shuningdek, Olimov unga eski qarzini to‘lashini tasdiqlovchi tilxat ham bergan.
Olimov bu hujjatni majburlab imzolatilganini da'vo qiladi, ammo tilxat mazmuni bunga zid: Olimov M.dan 50% chegirma olgan (tilxat 10 million emas, 5 million dollarga rasmiylashtirilgan) va 2 yillik muddatli to‘lov imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Ammo ko‘rinib turibdiki, Olimov bu shartlarda ham M.ga hisob-kitob qilish niyatida emas edi. Chunki instsenirovka qilingan «o‘g‘irlash» M. uchun haqiqiy jinoyat ishiga aylandi: u «o‘g‘irlash va tovlamachilik» bo‘yicha ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
«O‘g‘irlash»dan yagona foyda ko‘ruvchi — Olimovning o‘zi bo‘ldi: u shu tariqa bir vaqtning o‘zida ikki qarz beruvchisini neytrallashtirdi va o‘zini frantsuz va o‘zbek hokimiyatlaridan himoya talab qiladigan «jabrlanuvchi» sifatida ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi.
Frantsiyada Olimov Botir Rahimov bilan bo‘lgan mutlaqo iqtisodiy nizoni siyosiylashtirishga urinmoqda. Olimov Botor Rahimovni «O‘zbekiston hokimiyatiga yaqin shaxs» deb ataydi.
(Umuman bu gap to‘g‘ri.) Agar Olimov Rahimovni butunlay chetga surolmasa va Rahimov 2018 yilgi kelishuvning noqonuniyligini isbotlasa, Olimov uchun «siyosiy ta'qib qurboni» obrazi juda
foydali bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, Olimovga tegishli Anorbank og‘ir ahvolga tushgan: yuzlab mijozlar hisoblari bo‘shatilganini aniqlab, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida bank mablag‘larni onlayn-kazinolarga o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi, bu esa O‘zbekiston qonunlari bilan taqiqlangan.
Shu bilan bir vaqtda, Olimovning asosiy hamkorlaridan biri va uning tuzilmalardagi muhim shaxs — Baxtiyor Amzaev ulushli qurilish qatnashchilarining milliardlab pullarini talon-toroj qilish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi.
Shunday sharoitda Olimov uchun o‘zini «O‘zbekiston hokimiyatiga yaqin shaxsdan jabr ko‘rgan» qilib ko‘rsatish va shu asosda Yevropadan siyosiy boshpana olish imkoniyati alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
THE INSIDER maqolasini Rassom Tuz
qisqartirib tarjima qildi.
