Asosiy mavzular
26 november 2025

Iste'fodagi IIB xodimi bosimga uchrayotganini iddao qilmoqda

Eltuzga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan iste'fodagi xodimdan shikoyat kelib tushdi. Uning aytishicha, uy-joyni boshqaruvchi xususiy kompaniya haqida Bosh prokuraturaga ariza berganidan so‘ng, turli bosim va tuhmatlarga duch kelgan.

Murojaat muallifi o‘zini Mirzo Ulug‘bek tumani, Avayxon MFY, Durmon yo‘li ko‘chasidagi 46-uyda yashashini ma'lum qiladi. Uning ta'kidlashicha, 2007 yildan 2017 yilgacha IIVga qarashli Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtida komandirlik va o‘qituvchilik lavozimlarida ishlagan, 2022 yilda esa ayrim sabablarga ko‘ra nafaqaga chiqqan.

U 2024 yil 26 dekabr kuni Bosh prokuraturaning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, «Avayxon obod grup» MChJ boshqaruv servis kompaniyasining noqonuniy harakatlari yuzasidan ariza berganini aytmoqda. Unga ko‘ra, ushbu ariza kutilgan tarzda ko‘rib chiqilmagach, 2025 yil 22 yanvar kuni bir necha qo‘shnisi bilan birga Bosh prokuratura qabulxonasiga bevosita borib, yana yozma tarzda murojaat qoldirishgan.

Murojaatchi iddaosicha, shundan keyin javobgarlikdan qochish maqsadida «Avayxon obod grup» MChJ boshqaruv servis kompaniyasi bir kunda, hech qanday  ogohlantirishsiz va umumiy yig‘ilish qarorisiz, 46-uyni billing tizimidan, uy egalari ro‘yxatidan chiqarib yuborgan.

Shikoyatda keltirilishicha, oradan ko‘p o‘tmay, 26 yanvar kuni uning uyi oldiga IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i kelib, «pastga tushib gaplashib olishni» so‘ragan. U pastga tushgan vaqtda Yusuf ismli GOM boshlig‘i bir necha xodimlari bilan kelib, unga nisbatan kuch ishlatishga uringan, bosim o‘tkazib GOMga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Murojaatchiga ko‘ra, unga nisbatan soxta ayblovlar qo‘yishga uringanlar, bu holatga qo‘shnilari aralashib, sobiq hamkasblari qo‘lidan qutqarib olganlar.

«Eng alam qiladigani shuki, o‘zim bir vaqtlar IIV tizimida ishlab, o‘qituvchi bo‘lib dars berganman, vatanimga sidqidildan xizmat qilganman. Lekin manashu kabi nohaqlik va tuhmatga duch kelaman deb o‘ylamagan edim», deydi sobiq ichki ishlar xodimi o‘z murojaatida.

Murojaatchi ayni paytgacha GOM boshlig‘i Yusufning harakatlari yuzasidan bir necha bor IIV rahbariyatiga ham, tuman prokuraturasiga ham shikoyat yo‘llaganini, ammo hech qanday chora ko‘rilmayotganini ta'kidlamoqda.

Uning fikricha, «osongina birovga tuhmat uyushtirib, aybdor qilib ko‘rsatishgacha borib yetadigan» bunday xodimlar butun IIV tizimiga dog‘ tushiradi va bu tuzumda ishlashga noloyiq.

Mazkur iddaolar bo‘yicha hozircha rasmiy idoralar tomonidan izoh berilmagan.

Tag‘in o‘qing
30 december 2016
O‘zbekistonga Shavkat Mirziyoev prezident bo‘lganidan keyin ochiq sahnaga qaytgan Yulduz Usmonova, shuningdek uning qaytishi bilan katta sahnadan «sal chekkaga ...
28 march 2019
Ushbu video «Eltuz» muxbiri Ayub Mingboevning bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari negiziga qurilgan «Shantajni asosiy qurolga aylantirgan ...
31 may 2021
Xorazmning Xiva tumanida bir kambag‘al beva ayolning o‘g‘li nomiga olingan 30 million so‘m kreditni o‘zlashtirishda bosh rollardan birini o‘ynagan ...
21 august 2017
1961 yil Buxoroda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 1995 yil fevralda O‘zbekistondan chiqib ketgach, avval Bi Bi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...