Asosiy mavzular
28 november 2025

Isitish mavsumi rasman boshlandi, Buxoroda esa uylar sovuq

Buxoro viloyati hokimining 5 noyabrdan shahar ko‘p kvartirali uylarida isitish mavsumini boshlash to‘g‘risidagi qaroriga qaramay, uylarga issiqlik haliyam yetib borgani yo‘q. Fuqarolarning aytishicha, issiqlik bir kun beriladi, uch kun to‘xtaydi, issiq suv ta'minotida ham uzluksiz muammolar kuzatilmoqda.

Aholi 3–6 noyabrdagi anomal sovuqni ham issiqliksiz o‘tkazgan. Eltuzda chiqqan maqoladan keyin qisman issiqlik berilgan bo‘lsa-da, bu uzoqqa cho‘zilmadi. Hozirga kelib shaharning “Energomarkaz”dan isitiladigan va “Buxorokomunal servis” boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylar hanuz to‘liq isitilmayapti.

Shu yil yozida byudjet mablag‘lari hisobidan uylarda vannaxonalarga sochiq isitgichlar o‘rnatilgani, ular qishda xonalarni isitishi lozim ekani aytilgan edi. Ammo issiqlik ta'minoti yetarli emasligi sababli uskunalar ham deyarli ishlamayapti.

Aholiga ko‘ra, “Energomarkaz” va kommunal servis aybni bir-biriga yuklamoqda. Mavsum yakunida esa isitish xizmatlari uchun to‘lov 5 noyabrdan hisoblanadi, ammo noyabr oxirlab qolganiga qaramay, ko‘pchilik issiqlikni ko‘rmagan. “Nega isitilmagan kunlar uchun ham pul to‘lashimiz kerak?” deya norozilik bildirmoqda fuqarolar.

Telegramda viloyat hokimi Botir Zaripov nomiga ochilgan murojaat guruhida ham har kuni issiqlik bilan bog‘liq yuzlab shikoyatlar yozilmoqda, ammo aholi idoralardan amalda natija ko‘rmayapti.

22 noyabr kuni “Energomarkaz” elektr energiyasi o‘chirilgani sababli issiqlik ta'minoti to‘xtagani haqida e'lon qildi. Fuqarolar esa nega aholi uchun muhim bo‘lgan issiqlik tizimida elektr uzilishi tez-tez yuzaga keladi-yu, hokimiyat binolarida elektr uzilishlari deyarli kuzatilmasligini savol ostiga qo‘ymoqda.

“Yaxshiki o‘sha kuni anomal sovuq emas edi. Agar qattiq sovuq paytida elektr o‘chsa, ahvol qanday bo‘ladi? Mas'ullar issiq kabinetlarda o‘tirib bu muammolarni sezmaydi”, deydi fuqarolar.

Aholi Buxoro shahar hokimiyati va viloyat mutasaddilaridan vaziyatni tez fursatda barqarorlashtirishni so‘ramoqda.

Tag‘in o‘qing
6 june 2016
O‘tgan oy O‘zbekiston telekanallari «ish»ni 9 may- Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtboshining urush faxriylariga ko‘rsatgan «ulkan ehtiromi ...
30 june 2017
O‘zbekiston banklari joriy yilda ajratishni mo‘ljallagan kredit resurslarining tubi ko‘rinib qoldi. Shuning uchun mazkur moliya muassasalari prezidentning tadbirkorlikni rivojlantirishga ...
5 april 2019
Tibbiyotga oid «The Lancet» internet nashri 3 aprel kuni e'lon qilgan, 195 davlatni qamragan tadqiqot natijasiga ko‘ra yomon ovqatlanish ...
30 august 2016
Kecha, 29 avgust kuni, qator internet nashrlari, O‘zbekiston prezidentining o‘limi haqidagi xabarni chop qildi, jumladan biz ham. Hozirga qadar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...