Asosiy mavzular
3 december 2025

Ukrainaga qarshi jang qilgan samarqandlik qamaldi

Rossiya tomonida jangovar harakatlarda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukm chiqardi.

Samarqandlik yigit 2021 yilda yigit Rossiyaga ishlash uchun ketgan. U yerda kurer sifatida giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingan va 9 yilga qamalib jazoni o‘tash uchun Nijniy Tagildagi 5 sonli koloniyaga yuborildi.

Ayblanuvchining o‘zi ta'kidlaganidek, 2024-2025 yillarda koloniyada Rossiya harbiy tuzilmalari vakillari chet elliklar orasida faol tashviqot olib borib, ozodlik, pul – 1,8 million rubl, uy-joy va fuqarolik evaziga “RossiyaUkraina” urushida ishtirok etishni taklif qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar oyida u Ryazan viloyatidagi harbiy qismga majburan yuborilgan, shundan so‘ng u Donetsk va Luganskda tayyorlovdan o‘tgan, janglarda qatnashgan va fevral oyida dron hujumi paytida oskolkali jarohat olgan. O‘zbekistonlik muxojir askar Vladivostokda davolanganidan so‘ng u qochib, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga murojaat qilgan.

2025-yil 27-iyulda yigit vataniga qaytarildi. Sud unga 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi, majburiy probatsiya nazorati va yashash joyini tark etish taqiqlandi.

Eltuzga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Rossiya tomon bo‘lib jang qilgan 400 ga yaqin askarlarga sud hukmi e'lon qilindi.  Mamlakatda ushbu modda bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni sezilarli darajada oshmoqda – asosiy jazo esa ozodlikni cheklash..

Tag‘in o‘qing
20 july 2022
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov «Ozodlik»ning «Rossiya bosqini: gapirish fursati» dasturidagi chiqishida Rossiyani yoqlashini bildirdi. “Majbur bo‘ldi Rossiya. Rossiyani ...
3 february 2020
Adliya vazirligining kengaytirilgan hay'at yig‘ilishida notariuslarga diniy talablar qo‘yilgani haqida 2 fevral kuni O‘zA xabar berdi. «Ularga qonuniy ishlash ...
29 december 2025
Allan Pashkovskiy 16 yildan ortiq vaqt mobaynida advokat sifatida faoliyat yuritgan va yaqin vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida kasbiy ...
11 january 2026
Sening qalbing dunyodagi hamma narsadan kattaroqdir. Shunday ekan, uni tor fikrlar va kichik tashvishlar bilan to‘ldirib qo‘yma.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...