Asosiy mavzular
7 december 2025

Dehqonoboddagi o‘rmonda daraxtlar noqonuniy kesilmoqda

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi hududida daraxtlar ommaviy ravishda kesib tashlanmoqda. Mahalliy aholi aytishicha, Boshchorbog‘ o‘rmon bo‘limi mas'ullari bu holatga bevosita aloqador bo‘lishi mumkin.

Fuqarolar ichki ishlar organlariga murojaat qilganida kutilmagan holat yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i shikoyat qilganlarni chaqirib, qamash bilan qo‘rqitmoqda.

Aholi “Nahotki Dehqonoboddagi bu ochiq qonunbuzarlikka hech kim e'tibor qaratmasa?” deya norozilik bildirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bu masalani ko‘tarishga uringanlar ham IIB tomonidan tahdidlarga uchrayotganini ma'lum qilinmoqda.

Mahalliy fuqarolar mas'ul idoralardan bu holatga rasmiy ravishda munosabat bildirish va o‘rmonlarning noqonuniy kesilishi yuzasidan shaffof tekshiruv o‘tkazilishini so‘ramoqda.

Tag‘in o‘qing
17 january 2017
17 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov bilan birga qirg‘iz millatiga mansub bir erkak va uch aël ham qo‘lga olingan. Shu ...
24 december 2025
Butun O‘zbekiston bo‘ylab ichki ishlar uy-bordellarni fosh qilib charchamadi,  sudlar esa uyini ijaraga bergan egalar ustidan hukm chig‘orib zerikmadi. ...
18 august 2025
Rossiyaning Novosibirsk sudi 28 yashar o‘zbek Mansurbek Sayfuddinovni «islomiy terrorizmga xayrixoxlik»¸ «islomiy terroristik tashkilotni moliyalash va  diniy ekstremizmda aybdor ...
1 january 2026
Eltuz tahririyatiga Buxoro davlat texnika universitetida davlat xaridlari jarayonlarida kuzatilayotgan shubhali holatlar yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda ta'kidlanishicha, universitetda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...