Asosiy mavzular
8 december 2025

Rishtonda kadastr agentligi xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Rishton tumanida kadastr agentligi bo‘limi bosh inspektori fuqarolardan noqonuniy pul talab qilgani uchun DXX va huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, inspektor fuqaroning yashash hududida qo‘shimcha yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani va qurilish qilingani uchun 84 million so‘m jarima solinishini aytgan.

Shundan so‘ng u fuqaroga jarima qo‘llamaslik va yerni qonuniylashtirib berish evaziga 400 AQSh dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida inspektor xizmat binosi oldida pulni qabul qilib olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holatda esa qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxona 2025 yilning oktyabr oyida “Farg‘ona suv qurilish invest” davlat muassasasining ma'muriy binosida 850 mln so‘mlik mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘tkazilgan shaffof tender tanlovida g‘olib chiqadi. 

Biroq, ushbu davlat muassasasi bosh muhandisi va boshqalar o‘zaro til biriktirib, xususiy korxonada mukammal ta'mirlash ishlarini boshlash uchun ruxsat berish evaziga xususiy korxona rahbaridan 5500 AQSh dollari talab qilishadi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yuqoridagi shaxslar 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida qo‘lga olingan. 

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
11 june 2018
O‘zbekistonning marhum prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan, Shveytsariya banklarida muzlatilgan 800 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ning bir qismini ...
21 november 2022
Salom qadrli muxlislari. Bugun 21 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Kattaqo‘rg‘onda itni temir bilan urib o‘ldirgan ...
30 august 2018
Karimov davrida O‘zbekistonda kontsert faoliyati taqiqlangan Rossiyalik qo‘shiqchi Iosif Kobzon 30 avgust kuni 80 ëshida o‘ldi. O‘zbekistonda “kriminal avtoritet” ...
26 november 2022
Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda qatnashib O‘zbekiston muntazam armiyasi va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...