Asosiy mavzular
10 december 2025

Mingbuloqda noqonuniy o‘rnatilgan podstantsiya bolaning ikki qo‘lidan ayirdi

Mingbuloq tumanida sodir bo‘lgan fojea yillab yig‘ilib kelayotgan e'tirozlarni portlatib yubordi. Fuqarolarning aytishicha, Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Bobirjon G‘ulomqodirov manfaat izlab, Jamoshuy shaharchasidagi Xalq ta'limi bo‘limi hududiga, fuqarolar harakatlanadigan ochiq joyga noqonuniy podstantsiya o‘rnatgan. Hech qanday himoyasiz, hech qanday xavfsizlik talablarisiz. Uning oqibatida esa – murg‘ak bola ikki qo‘lidan ayrildi.

Bu podstantsiyaning joyi noto‘g‘ri tanlangani haqida tegishli idoralarning xulosalari bor, deydi mahalla ahli. Lekin, aytishlaricha, hech kim G‘ulomqodirovga “buni nega qilding?” deb so‘rashga jur'at qilolmagan. Sabab – u Yangi Namangan tumanining hokimi Jobir Abdullaevning jiyani ekani haqidagi gap-so‘zlar.

Mana shuning uchun ham, fuqarolarning iddaosiga ko‘ra, fojea sodir bo‘lgan kundan beri Mingbuloq tumani prokuraturasi hech kimni tergovga chaqirmagan. Bolaning qo‘llari yo‘q, aybdor deb ko‘rsatilgan podstantsiya esa hali ham o‘sha yerda turibdi. Javobgarlik-chi? 

Tuman aholisi orasida G‘ulomqodirovning boshqa “ishlari” haqida ham og‘ir iddaolar yuradi. Masalan, 18 dona beton stolbani noqonuniy ravishda parandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorga sotib yuborgani, xonadonlarga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan 250 KVlik transformatorlarni “keyinroq” deb cho‘zib yurgani, bu ortiqcha pul talab qilingani bilan bog‘liqligi haqida gap-so‘zlar bor.

Natijada — aholi oyma-oy elektrsiz qoladi, o‘sha paytda esa kimdir “kelishib ishlayotgani”ni aytishadi.

Fuqarolarning yana bir jiddiy iddaosiga ko‘ra, Xalq bankiga tegishli transformator ham “bir million so‘mga rasmiylashtirib”, noqonuniy ravishda tadbirkorga o‘tkazib yuborilgan. Bankniki tavon bo‘lib, kollej ichidan joy olgan. Bu qanday qilib mumkin bo‘ldi? Hech qanday javob yo‘q.

Korxona ichidagi holat ham fuqarolar ta'kidlashiga ko‘ra — mutlaq tartibsizlik. Malakasi bor muhandislar ishdan haydalib, o‘rniga “quloqqa yaqin” odamlar olingani aytiladi. Masalan, injener Urishov Dilmurodning o‘rniga sohadan uzoq Shavkat Jo‘raev tayinlanishi ham shunga dalil sifatida tilga olinadi. Natijada korxonada korruptsiya va qo‘rquv fazosi yaratilgan, deydi xodimlar.

Bolaning ikki qo‘lidan ayrilgan taqdiriga birorta mansabdor chiqib izoh bermadi. Bolaning oilasi, mahalla, xalq – javob kutib turipti. Javob beradiganlar esa go‘yo uzoqda, go‘yo eshitmayotgandek.

Bu holatlar bo‘yicha fuqarolar Respublika Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi va mas'ul idoralardan ochiq, rasmiy va murosasiz izoh talab qilishmoqda.

Chunki bolaning qo‘llari qaytmaydi – lekin adolat qaytishi kerak.

Tag‘in o‘qing
1 september 2022
Ko‘plab shov-shuvli ishlarda advokatlik qilgan huquqshunos Umid Davlatov 1 sentyabr kuni 42 ëshida Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tdi. Yurak qon-tomir ...
5 february 2018
MXX raisi Rustam Inoyatov o‘z daxlsizligini Moskva orqali olgani haqida «Erk» partiyasi raisi Muhammad Solih o‘z manbalariga tayanib bildirdi. ...
31 march 2021
Shu o‘rinda Qo‘ylining gapini bo‘lib qisqacha ma'lumot bersam. Qo‘yli asir olinib Bozorak qishlog‘iga olib kelinadi. Oldiniga 10 kun kartserda ...
22 april 2020
Joriy yilning mart oyida Jeneva ko‘li sohilida joylashgan muhtasham Vilson saroyida (Wilson Palais) O‘zbekistondagi inson huquqlari masalalari muhokama qilindi. U yerda BMT Inson huquqlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...