Asosiy mavzular
12 december 2025

12 dekabr Afg‘onistonga Sovet qo‘shinlari kiritish qarori berildi

Demokratik Afg‘oniston Respublikasi (DAR) hududiga Sovet qo‘shinlarining Chegaralangan kontingentini (OKSV) kiritish to‘g‘risidagi qaror 1979 yil 12 dekabrda KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tor doiradagi yig‘ilishida qabul qilingan.

Bu qaror SSSRning oliy rahbariyati, jumladan, Bosh kotib Leonid Brejnev, shuningdek, Yuriy Andropov, Andrey Gromiko, Dmitriy Ustinov va boshqa Siyosiy Byuro a'zolari tomonidan qabul qilingan.

Rasman bunday qarorga kelish sababi DAR bilan Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma (1978 yilda imzolangan) majburiyatlarini bajarish deya ko‘rsatilgan bo‘lsada Sovetlar ittifoqining bir necha yilga cho‘zilgan biroq sharmandali yakun topgan qonli bosqinchilik urushining xamirturushi deya baholanadi.

Urushdan maqsad ichki va tashqi tahdidlarga (islomiy muxolifat isyoni va uchinchi davlatlarning aralashuvi) qarshi kurashish uchun Afg‘oniston rahbariyati (Prezident Hafizulla Amin) tomonidan qilingan ko‘plab harbiy yordam so‘rovlariga javob berishni ko‘zlagan.

Shuningdek qaror SSSRning janubiy chegaralari xavfsizligini ta'minlash, Afg‘onistonda Sovet Ittifoqiga dushmanlik qilishi mumkin bo‘lgan islomiy kuchlarning hokimiyatga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, Moskva tomonidan ishonchsiz va AQSh tomon «siljishga» moyil deb hisoblangan Hafizulla Amin rejimidan norozilik uyg‘otishni ko‘zlagan. 

Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistonga kiritish 1979 yil 25 dekabrda boshlandi. 27 dekabr kuni sovet maxsus bo‘linmalari «Shtorm-333» operatsiyasini o‘tkazib, natijada Hafizulla Amin ag‘darildi va o‘ldirildi, Afg‘onistonning yangi rahbari sifatida Babrak Karmal tayinlandi.

1979 yil 12 dekabrdagi qaror Afg‘on urushiga (1979–1989) asos soldi. Bu urush Sovet Ittifoqi tarixidagi eng og‘ir va uzoq davom etgan harbiy mojarolardan biri bo‘lib, uning ichki va tashqi siyosatiga katta ta'sir ko‘rsatdi.

Tag‘in o‘qing
18 december 2020
«Toshkent siti»ga kirish pulli bo‘lgani shunday ham mo‘may daromad topish uchun qilinmayapti, albatta. Bu yerda ochofatlik, navbatdagi “lyubaya biznes ...
14 december 2022
O‘zbekistondagi energetika sohasidagi absurdliklar, putinoid o‘risqullar va din tujjori tolibon kallalarning qora fonida Amerika olimlaridan dunyoni sevintiruvchi bir xushxabar.  ...
23 november 2015
Bugun, 22 noyabr soat 10 da, Shved shahri Estersundda 1978 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiy ustidan sud boshlandi. ...
18 july 2024
Videoda Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliev fermerni uryapti. Voqea aprel oyida yuz bergan. Kuni kecha esa majlisda hokim Do‘stlik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...