Asosiy mavzular
16 december 2025

16 dekabr – Huquqlar to‘g‘risidagi ilk qonun qabul qilindi

O‘zbekiston bir necha xonliklarga bo‘lingan, inson huquqlari xor qilingan XVII asrda, aniqrog‘i, 1689 yil 16 dekabr – Buyuk Britaniyada yakka hokimlikni yo‘q qilib, parlament ustivorligini o‘rnatgan va ingliz fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlagan huquqlar to‘g‘risidagi ilk qonun (The Bill of Rights) qabul qilindi.

Bu qonun nafaqat Buyuk Britaniya tarixi, balki butun zamonaviy demokratiya va inson huquqlari tarixi uchun beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy hujjatlardan biridir. Shuningdek, bugungi kunda ham o‘rta asr xonliklari kabi avtoritar hokimiyatni mustahkamlashga urinayotgan Markaziy Osiyo liderlari uchun o‘rnak olishga arziydigan qonundir. Uning bugungi kun uchun muhimligini yana bir qancha yo‘nalishlarda ko‘rish mumkin: 

Parlament ustunligi

«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» Angliyada mutlaq monarxiya davriga nuqta qo‘ydi. U bugungi kunda ham amal qilayotgan quyidagi asosiy tamoyillarni o‘rnatdi:

⁃ Qirol (yoki Qirolicha) endilikda Parlament roziligisiz qonunlarni bekor qila olmaydigan, soliq sola olmaydigan yoki doimiy armiya tuza olmaydigan bo‘ldi.

⁃ Qonun loyihasi Parlamentga tegishli bo‘lib qoldi. Bu bilan hokimiyatning bir shaxs (monarx) qo‘lida to‘planishiga chek qo‘yildi va hokimiyat taqsimoti tamoyili mustahkamlandi.

⁃ Parlament deputatlarining nutq erkinligi (debatlarda so‘z erkinligi) ta'minlandi, bu ularning mas'uliyatni his qilgan holda ishlashiga imkon berdi.

Har qanday zamonaviy demokratik davlatda hokimiyat taqsimoti (Qonunchilik, Ijro etuvchi va Sud hokimiyati) muhim hisoblanadi. Bill aynan mana shu taqsimotning Yevropadagi ilk muhim asoslaridan biri bo‘lgan.

Inson Huquqlarining mustahkamlanishi

Garchi Bill avvalo Parlament huquqlarini himoya qilgan bo‘lsa-da, unda oddiy fuqarolarning ham muhim huquqlari nazarda tutilgan:

• Haddan tashqari shafqatsiz jazolardan himoya: Qonunda «shafqatsiz va g‘ayrioddiy jazola» qo‘llash taqiqlandi.

• Adolatli sud jarayoni: Sudlar qirolicha va qirolning mustaqil qaroridan holi bo‘lishi kerak edi.

• Petitsiya huquqi: Fuqarolarga monarxga murojaat qilish (petitsiya topshirish) huquqi berildi.

«Shafqatsiz va g‘ayrioddiy jazolar»ga qarshi qonun bugungi kunda AQSh Konstitutsiyasiga (8-tuzatish) va Yevropa Inson Huquqlari Konventsiyasiga kiritilgan bo‘lib, umuman dunyo bo‘ylab inson huquqlari standartlarining ajralmas qismiga aylangan.

O‘zbekiston uchun o‘rnak bo‘lgan qonun

«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» insoniyat tarixida hukumat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtirgan muhim hujjat sifatida e'tirof etiladi.

Bu hujjatda belgilangan huquqlar Yevropa va g‘arb davlatlarining jumladan O‘zbekistonning amaldagi Konstitutsiyasi uchun ham o‘rnak sifatida foydalanilgan, jumladan  1791 yilgi AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan asosiy tuzatishlar Angliyada 1989 yil qabul qilingan hujjatga asoslanib yaratildi.

Shuningdek, bu qonun BMTning Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948): va boshqa xalqaro huquq me'yorlariga o‘z ta'sirini o‘tkazgan.

Xulosa qilib aytganda, 1689 yilgi «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» hokimiyatning qonun bilan cheklanishi, shaxsiy erkinliklarning kafolatlanishi va saylangan vakillik organining ustuvorligi tamoyillarini o‘rnatib, barcha zamonaviy demokratik tuzumlarning tamal toshini qo‘ygan hujjatlardan biri hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
30 august 2022
Sheyn Harris, Karen DeYang, Izabel Xurshudyan, Eshli Parker va Liz Slay Ushbu maqola The Washington Post gazetasining AQSh ittifoqchilarini ...
1 august 2016
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan ...
19 april 2023
Hammasi 2022 yil yanvarida Camarqandning Pastdarg‘omida 33 yoshli kam ta'minlangan erkak 31 yoshli ayol uyiga dori olib borgan kundan ...
9 december 2025
Namangan viloyatining Chortoq tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari Eltuz nashriga yo‘llagan maktubda muassasa xonalarining sovuqdan muzlab qolganligi, bemorlar va tibbiyot ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...