Asosiy mavzular
16 december 2025

Chet ellik investor O‘zbekistonga giyohvand modda olib kirdi

Chet ellik investor Qurilish materiallari savdosi bahonasida o‘zbekistonlik hamkorlari bilan kelishib mamlakat hududiga narkotik moddalar olib kirishga urindi. Ular ushbu hamkorlikni birinchi marotaba qilishmagan. Hamkorlik tajribasi bo‘lgan. 

Samarqand viloyatida huquqtartibot idoralari xodimlari tomonidan marmar plitalar orasiga yashirilgan 37 kilodan ortiq giyohvandlik moddalari aniqland. 

Tadbir davomida 1992 yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi shuningdek, Samarqand viloyatida yashovchi 1981 va 1995 yillarda tug‘ilgan uch nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. 

Xorijlik «tadbirkor» giyohvand moddalarni marmar plitalar orasiga yashirib, mamlakat hududiga olib kirgan, mahalliy sheriklar esa ushbu giyohvand moddalarni sotib berishgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jami 37 kilo 421 gramm «ekstratsion opiy» giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchilar hibsga olingan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tag‘in o‘qing
5 april 2021
Farg‘ona shahrida yashovchi 32 yoshli Dilafro‘z Umarova 2021 yilning fevral oyi boshida prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida uyidan mulozimlar tomonidan ruhiy kasallar shifoxonasiga majburan olib ketilgan.  ...
25 july 2016
XIV asr oëqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “ë Ollox do‘st, ë Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
30 may 2025
Uning dastlabki narxi 25 mln yevroni tashkil etib, villa unga egalik qiluvchi kompaniyaning qarzlari sababli sotilmoqda.
13 december 2017
12 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda hukumatning majburiy mehnatni tugatish choralarini ko‘rgani haqida bayonot berdi. XMT saytidagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...