Asosiy mavzular
24 december 2025

Shimbuloqda qozoq tilini bilishni istamagan kafe xodimi ishdan bo‘shatildi

Olmaotadagi mashhur «Shimbuloq» tog‘-kurortida joylashgan Gusto kafesida til masalasi bilan bog‘liq yirik mojaro kelib chiqdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda kafe xodimasi mijozga davlat tilida xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgani aks etgan. Xodima o‘z pozitsiyasini quyidagicha tushuntirgan:

«Men SSSRda tug‘ilganman, qozoq tilini bilishga majbur emasman».

«Bu mamlakat Qozog‘iston deya nomlangan. Siz uning tilini bilishga majbursiz» deya mijoz undan oxirgi bor talab qiladi.

«Men sizning tilingizni o‘rganishga majbur emasman» deya kafe xodimi mijozidan uzoqlashadi.

Bu gaplar qozog‘istonlik foydalanuvchilarning keskin e'tiroziga sabab bo‘ldi. Video tez fursatda viruslashib, jamoatchilik o‘rtasida katta muhokamalarga yo‘l ochdi.

Bir sutka ichida kafening Instagram sahifasida 30 mingdan ortiq norozilik izohlari qoldirildi.

Kafe rahbariyati vaziyatga tezkor munosabat bildirib, ushbu xodima bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma'lum qildi.

Muassasa o‘z mijozlaridan uzr so‘rab, davlat tiliga va milliy qadriyatlarga hurmat bilan yondashishini ta'kidladi.

Tag‘in o‘qing
23 march 2017
Prezidentning topshirig‘iga labbay deb javob berayotgan partiyalar deputatlari shu kunlarda tumanma-tuman chopib yuribdi. Bu partiyalarning nashrlari ham mazkur safarlar ...
3 may 2020
Janubiy Xorazm shevalari va Xorazm qarluqchasi haqidagi savollarga bergan javoblarim kommentlarda bahslarga sabab bo‘ldi. Shularga biroz aniqlik kiritib ketaman. ...
16 october 2019
Qo‘shiqchi Jahongir Otajonovning ikki kun oldin olib qo‘yilgan ijodiy faoliyat uchun litsenziyasini «O‘zbekkontsert» 16 oktyabr kuni qaytarib berdi, lekin ...
6 january 2026
Prezident qizining qizi uni qo‘lini so‘ragan yigitga «xa» dedi. va ul g‘aripni  labindan o‘pdi…. Qovun pishganda katta to‘y. Kevurasla ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...