Asosiy mavzular
2 january 2026

IIV akademiyasida qonunbuzarliklar

O‘zini Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2-kurs kursantlari deb tanishtirgan manbalar Eltuz tahririyatiga murojaat qilib, ta'lim muassasasida qator jiddiy qonunbuzarliklar mavjudligini bildirdi.

Murojaatda aytilishicha, Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ta'lim sifati emas, pora olish va tanish-bilish orqali masalalarni hal qilish holatlari ustuvor bo‘lib qolgan. 

Manbalarga ko‘ra, akademiyaga ishga kirish uchun o‘rtacha 3000 AQSh dollari talab etiladi, tanish-bilish bo‘lmagan hollarda esa bu deyarli imkonsiz.

Shuningdek, murojaatda akademiya rahbari – Rustam Abdug‘anievich Hatamov faoliyatiga oid og‘ir ayblovlar ilgari surilgan. Kursantlar ta'kidlashicha, lavozim yoki ishda yengilliklarga erishish uchun ayrim ayollardan noqonuniy tarzda foydalanish holatlari mavjud ekani butun akademiyaga ma'lum, bu esa xizmat etikasi va qonunchilikka zid hisoblanadi.

Murojaatda yana aytilishicha, qoidabuzarlik sodir etgan kursantlar tanish-bilish yoki pul orqali jazodan qutulib qolishi mumkin. Masalan, telefon bilan qo‘lga tushgan kursantlar 10 million so‘m miqdorida pora berib o‘qishdan haydalmaslikka erishgani haqida da'volar keltirilgan.

Kursantlar akademiya ta'lim muassasasidan ko‘ra, tahqirlash, haqorat, poraxo‘rlik va boshqa noqonuniy holatlar avj olgan joyga aylanib qolganini ta'kidlamoqda. Ular o‘z xavfsizligidan qo‘rqib, ismlarini oshkor qilmaslikni so‘ragan.

Tahririyat mazkur da'volar yuzasidan rasmiy idoralar izohiga ochiqligini ma'lum qiladi.

Tag‘in o‘qing
13 december 2023
“Biz tomonlarda “ko‘cha bolalari”ni “bosslar” deb atashadi. Ular ehtiyojmand o‘smirlar va yigitlarni yollab yoki qo‘rqitib, tarkibida oltin bo‘lgan ma'dan ...
26 october 2020
Ko‘raëtganingiz Afg‘oniston ëki Somalidagi maktab emas. Bu 2020 yilning oktyabr oyida o‘zbek o‘quvchilari ta'lim olaëtgan maktab.  Ijtimoiy medianing o‘zbek ...
18 june 2021
Qo‘ylar chiqdi bugun deng namoyishga, Dersiz nima g‘ami bor o‘tloqdan o‘zga? Yaylov, yashil maysa dardida aynan Yomon ko‘rinibdi, hokim ...
29 february 2016
O‘zbek gazetalarini o‘qirkan, tag‘in tashviqot pardasi ortidagi jamiyat muammolar, vaqtida berilmayotgan ish haqi, matbuotda urchiyotan yolg‘onlar, sinayotgan korxonalar va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...