Asosiy mavzular
3 january 2026

3 yanvar – Mussolini Italiyada diktatura o‘rnatdi

1925 yil 3 yanvarda Benito Mussolinining Italiya parlamentida qilgan nutqi mamlakat tarixini mutlaqo boshqa yo‘nalishga burib yubordi. Bu kun tarixda liberal davlatning tugashi va rasmiy fashistik diktaturaning boshlanishi sifatida qolgan.

Siyosiy vaziyat

1924 yilda Mussolini rejimi katta xavf ostida qolgan edi. Sotsialist deputat Jakomo Matteotti fashistlarning saylovdagi firibgarliklarini fosh qilganidan so‘ng o‘g‘irlab ketilib, o‘ldirilgan edi. Bu voqea jamiyatda kuchli norozilik uyg‘otdi, oppozitsiya parlamentni tark etdi (Aventin bloki). Mussolinining obro‘si tushib ketdi va ko‘pchilik uni iste'foga chiqadi deb o‘ylagan edi.

Biroq Mussolini chekinmadi. 1925 yilning 3 yanvarida u Deputatlar palatasi oldiga chiqib, keskin va tajovuzkor nutq so‘zladi. U nutqida Matteottining o‘limi va fashistik otryadlarning zo‘ravonliklari uchun «siyosiy, ma'naviy va tarixiy mas'uliyat»ni to‘liq o‘z zimmasiga olishini aytdi.

U shuningdek agar parlament uni ag‘dara olmasa, u holda kuch ishlatib tartib o‘rnatishini e'lon qildi.

Bu nutq Italiyada demokratiyaning amalda tugaganini anglatar edi. Mussolini endi parlamentga emas, faqat Qirolga hisob berishini bildirdi.

«Fashistlashtirish» davri

Mussolini ushbu nutqidan so‘ng Italiyani «tartibga solish» uchun 48 soat vaqt talab qilgan va darhaqiqat, mamlakat bo‘ylab oppozitsiya vakillarini ommaviy hibsga olish boshlangan.

1925-1926 yillar davomida «Eng fashistik qonunlar» qabul qilingan, natijada Muxolifat taqiqlandi. Fashistik partiyadan tashqari barcha siyosiy partiyalar tugatildi.

Erkin matbuot to‘xtatildi, gazetalar davlat nazoratiga o‘tdi. Mussolini rasman «Il Duce» Dohiy deb e'lon qilindi va unga parlament roziligisiz qonun chiqarish huquqi berildi. Siyosiy raqiblarni ta'qib qilish uchun OVRA maxfiy politsiyasi tuzildi.

Mussolinining 3 yanvardagi harakati keyinchalik boshqa diktatorlar, jumladan Adolf Gitler uchun ham «namuna» bo‘lib xizmat qildi. U davlatni yagona shaxs va yagona mafkura atrofida birlashtirish — totalitarizm modelini yaratdi.

Tag‘in o‘qing
1 december 2016
Farg‘ona viloyatining har bir tumanda Shavkat Mirziyoevga ovoz berishi uchun saylovchilarga kalish, atlas, adras matolari tarqatilmoqda. Eng qizig‘i bu ...
13 june 2016
Orlandodagi Gey klubga hujum uyushtirgan 29 yashar Umar Metin Siddiqiyning xotini Sitora Alisherzoda Yusufiy o‘zbekistonlik bo‘lgan, ammo ular 2013 ...
28 june 2021
Asfalti yo‘q ko‘chalar, gazlashtirilmagan uylarimiz haqida «Do‘stlik bayrog‘iga» yozganimda o‘n uch yoshda edim. Qishlog‘imizni badbo‘y hidga to‘ldirgan, mevali daraxtlarni ...
25 june 2018
O‘zbek fermerlari qog‘ozda mustaqil sub'ektlar hisoblanishsa-da, amalda butunlay hokimiyatga qaramdirlar. “Eltuz” Xorazm viloyatida bog‘dorchilik qilayotgan fermer bilan gaplashdi. Suhbatdan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...