Asosiy mavzular
13 june 2016

Gey klubdagi 50 kishini o‘ldirgan qotilning xotini o‘zbekistonlik bo‘lgan

Orlandodagi Gey klubga hujum uyushtirgan 29 yashar Umar Metin Siddiqiyning xotini Sitora Alisherzoda Yusufiy o‘zbekistonlik bo‘lgan, ammo ular 2013 yilda ajrashishgan.

rasm1553
Sitora Yusufiy sobiq erini badjahl ammo diniy mutaassib bo‘lmaganligini ta'kidlaydi © heavy.com

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, Umar Metin Siddiqiyning xotiniga qo‘l ko‘targani ajralish sababi bo‘lgan.

AQShda yashaëtgan o‘zbekistonlik Sitora Yusufiy internet orqali kelib chiqishi Afg‘onistondan bo‘lgan va jazoni o‘tash muassasalaridan birida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan Umar Metin Siddiqiy bilan tanishgan.

Bu tanishuv ortidan o‘zbek kelin 2009 yilda Floridaga ko‘chib kelib nikohdan o‘tgan.

Sitora Yusufiy ismli o‘zbek kelin Washington Post bilan suhbatda o‘z sobiq erini badjaxl, hudbin deya takidlagan va uning diniy mutaassib bo‘lmaganligini ham o‘z so‘ziga ilova qilgan.

rasm1545
Umar Siddiqiy Orlando shahridagi klubga kirib o‘t ochgan © heavy.com

Orlandoda ommaviy qotillik sodir etgan jinoyatchi Umar Matinning otasi Sodiq Matin Siddiqiy o‘g‘lining qilmishi uchun NBC efiri orqali kechirim so‘radi.

Orlandodagi tungli klubda sodir etilgan otishmada 50 kishi halok bo‘ldi, 53 kishi yaralandi. Umar Metinning o‘zi esa politsiya tomonidan otib o‘ldirildi.

CBS News ota-onasi Afg‘onistondan bo‘lgan Umar Matin Siddiqiy Floridaning Port Seynt Luis shahrida yashaganini ma'lum qildi.

Voqea AQSh tarixidagi eng katta ko‘lamdagi qirg‘in sifatida ta'riflandi. Umar Siddiqiy Orlando shahridagi geylarning «Puls» tungi klubiga avtomat va to‘pponcha bilan kirib o‘t ochgan.

Eltuz.comga ma'lum bo‘lishicha, Siddiqiy hujumdan sal oldin favqulloda xolatlarda teriladigan 911 raqamiga telefon qilib o‘zini IShID tarafdori ekanligini aytgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 january 2016
Choyxona oshi Mayxona oshi To‘yxona oshi Nahor oshi Ta'ziya oshi Payshanbayu yakshanba oshi Shunday o‘tar ro‘zu ro‘zgorim Nariroqda ho‘v ...
17 december 2025
Tabiblik bilan shug‘ullanib, xalq orasida “Bio nur” sohibi sifatida tanilgan Iqbol Saliev 10 sutkaga ma'muriy qamoqqa olindi. Jinoyat ishlari ...
27 june 2017
HRW va «O‘zbekiston Germaniya Forumi»ning “Biz paxta terimidan voz kecha olmaymiz” nomli hisobotda O‘zbekiston hukumati 2015 va 2016 yillarda ...
12 september 2018
Rustam Inoyatov oilasi Rossiyaning Tula viloyatida $80 mln. dollarlik parranda yetishtiruvchi sanoatga egalik qiladi. Ular, shuningdek, o‘sha hududdagi bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...