Asosiy mavzular
10 january 2026

Eron inqirozi qanday oqibatni olib kelishi mumkin

2026 yilning ilk oyida Eron so‘nggi o‘n yilliklardagi eng jiddiy ichki inqirozni boshdan kechirmoqda.  Dastlab inflyatsiya darajasi keskin ko‘tarilib milliy valyuta qadrsizlandi.  Shu tang ahvol va ishsizlik sabab boshlangan norozilik namoyishlari siyosiy qarshilik tusiga kirdi.

Mamlakatning 31 viloyatida, jumladan Tehron, Isfahon, Shiroz va Mashhad kabi yirik shaharlarda namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shiorlar iqtisodiy norozilikdan ochiqcha siyosiy tuzumni almashtirish haqidagi chaqiriqlarga o‘tdi. Hukumat esa namoyishlarni bostirish, ommaviy hibslar va internet hamda aloqa tarmoqlarini o‘chirish bilan band.

Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘nlab qurbonlar va minglab hibsga olinganlar fonida inson huquqlarini muhofazalovchi tashkilotlar zo‘ravonlik kuchayib borayotgani haqida ogohlantirmoqda.

Shuncha zo‘ravonlik va bosimga qaramay norozilik aktsiyalari to‘xtagani yo‘q. Bu holat jamoat kayfiyatidagi o‘zgarishni ko‘rsatadi — aholi endi davlat bilan ochiq to‘qnashuvdan qo‘rqmaydi. Xo‘sh,  shunday sharoitda Eron hukumati qanday harakat qilishi mumkin?

Yaqin kelajakda eng ehtimoliy stsenariy — davlat repressiyalari davom etishi, hatto kuchayishini kuzatamiz. Tuzumning asosiy tayanchi bo‘lgan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazoratni tiklashga jalb qilinishi mumkin. Internetni o‘chirish va axborotni oqimini bostirish davom etadi, bu cheklovlar norozilarni yakkalab qo‘yish va harakatlarni muvofiqlashtirishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

Hukumat, ehtimol, doimiy bosim va qo‘rqitish orqali harakatni parchalash va tartibni tiklashga umid qilmoqda. Tarixan bu usul samara bergan, ammo bu galgi namoyishlar miqyosi, o‘z-o‘zidan kelib chiqishi va ochiq qarshiligi bilan farq qiladi. Nazorat vaqtincha tiklansa ham, bu eronliklar ko‘zida rejimini yanada zaiflashtiradi.

Ikkinchi taxmin ham tobora reallashib borayotgan stsenariy — hokimiyat ichidagi ichki bo‘linishlardir. Oyatullalar, siyosiy elita va texnokratlar orasidagi ziddiyat va inqiroz iqtisodiyotga yanada kuchli zarba bersa keskinlik mamlakatni ichdan yemirib boshlaydi. Bu holda boshqaruv uslubini o‘zgartirish yoki o‘tish davri islohotlari amalga oshirlishi mumkin. Ammo bu Islom Respublikasidan to‘liq voz kechishni anglatmaydi.

Uchinchi stsenariyda hukumat jamoat g‘azabini yumshatish uchun cheklangan imtiyozlar taklif etadi. Bularga yuzaki iqtisodiy yordam choralari, ayrim hibsga olinganlarni afv etish yoki ramziy islohot va'dalari kirishi mumkin. Agar bu qadamlar kelajakdagi saylovlar yoki valyuta barqarorligi haqidagi va'dalar bilan qo‘llab-quvvatlansa, vaziyat vaqtincha tinchiydi.

Biroq norozilik harakatining asosiy kuchini tashkil etayotgan yosh avlod yuzaki reformalarga rozi bo‘lmaydi. Chuqur va tizimli islohotlarsiz tinchlik ham omonatdir. 

Eng kam ehtimolda rejimning to‘liq qulashini kuzatamiz.

Buning uchun qo‘riqchilar korpusi ichida jiddiy bo‘linish, siyosiy va harbiy elita ommaviy ravishda chetga qochishi va namoyishlar nazorat tizginidan chiqib ketishi kerak.

Hozircha hukumat tik oyoqda turibdi, tuzum hali omon. Biroq uzluksiz norozilik va yosh avlod g‘azabi kelajakdagi o‘zgarishlar urug‘i allaqachon sochilganini ko‘rsatadi.

Tag‘in o‘qing
20 december 2016
O‘tgan hafta birdaniga to‘rtta viloyat hokimi ishdan bo‘shatildi. Undan ilgari ham bir qancha eski amaldorlar yangilariga almashtirilgan edi. Tahlilchilarga ...
20 june 2024
Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. ...
10 april 2020
Kemaga chiqqanda yuzlarcha sayyoh,Bo‘lishar bitta jon, yagona tilak.To‘fonga duch kelib to‘zg‘isa nogoh,Ajal yaqinlashsa, jonlari bo‘lak. To‘lqinlar chiqargan sandiqda marjonQolib ...
2 december 2025
O‘rxon Nodiy Oqtoshning ko‘zlari chaqnardi: – Menga qara, — dedi u Axmadga, — bu fikr mendan chiqdi deb maqtanma. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...