Asosiy mavzular
25 january 2026

G‘allaorolda «Jentra»ni olib qochgan shaxs ushlandi

Eltuzga kelib tushgan tezkor xabarga ko‘ra, avtomashina o‘g‘riligi bilan bog‘liq holat bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi.

Ma'lum qilinishicha, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududida “Jentra” rusumli avtomashinani bugun olib qochganlikda gumon qilingan shaxs bugunning o‘zida Jizzax shahrida profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, ushlangan.

Ma'lum qilinishicha, 2026 yil 23 yanvar kuni soat 19:50 larda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi IIB tezkor vakili Shukurjon Abdullaev “112” xizmatiga murojaat qilgan. 

Shukurjon Abdullaevning aytishicha, shu kuni soat 19:45 larda boshqaruvida bo‘lgan qora rangli “Jentra” avtomashinasi G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida, Samarqand–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan va ochiq dala hududida hojatini chiqarish uchun mashinasini to‘xtatgan. 

Shu paytda avtomashinada bo‘lgan yosh yigit fursatdan foydalanib, transport vositasini olib qochgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, ushlandi. U 2007 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi Tursunov Ozodbek ekani ma'lum bo‘ldi.

Ozodbek ozodligidan mahrum bo‘ldi. Endi 20 yoshini qamag‘da kutib oladi.

Tag‘in o‘qing
15 march 2024
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. MS:  Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oynikala. Buxoroda ...
12 january 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
8 january 2025
Tahlilchi Alisher Ilhomov yozadi: Ramzan Qodirovning so‘nggi bayonotiga yana bir izoh bermoqchiman. Bu baënotda Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti kuëvi ...
31 october 2023
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani Xonobod shaharchasida yashovchi yigit jasadi Qo‘rg‘ontepa tuman Sultonobod shaharchasidagi temir yo‘l o‘tish joyi atrofidagi ko‘prikka ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...