Asosiy mavzular
28 january 2026

“Ilhom” Fondi jiddiy moliyaviy inqiroz bilan yuzlashdi

O‘zbekistonda ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan “Ilhom” jamoat fondi tizimida jiddiy ijtimoiy muammo yuzaga kelgan. Fond tasarrufidagi ijodiy uyushmalarda ishlaydigan taxminan 250 nafarga yaqin xodim bir yildan ortiq vaqt davomida maosh olmagan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu uyushmalar markaziy apparati va hududiy bo‘limlari xodimlarining ish haqi, unga tenglashtirilgan to‘lovlar, saqlash xarajatlari hamda faoliyatni ta'minlash uchun mablag‘ bir yildan buyon to‘lanmayotir. Bu mablag‘ 13,5 milliardga yetgan.

Natijada maosh to‘lash masalasi to‘liq korxona va uyushma rahbariyati zimmasiga qolgan. Davlat qarorlari va hisob-kitoblar mavjud bo‘lsa-da, ularni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy resurs ta'minlanmagan. Rahbariyat esa imkoniyat cheklangan sharoitda ish haqini qoplashga urinib kelmoqda.

Bir yildan ortiq vaqt davomida maosh olmagan xodimlar qarzga botmoqda, ijtimoiy jihatdan himoyasiz qolmoqda. Bu esa ijodiy sohada kadrlar oqimi, ish unumdorligining pasayishi va tizimning zaiflashishiga olib kelishi mumkin.

Eng keskin savol shunda: agar davlat tomonidan mablag‘ ajratilmasa, nega ushbu tizimdan to‘liq faoliyat, tadbirlar va natija talab qilinmoqda? Nima uchun ijodiy uyushmalar xodimlari yillab sabr qilishga majbur?

Mutaxassislar bu holatni oddiy moliyaviy qiyinchilik emas, balki qaror qabul qilish bilan uni moliyalashtirish o‘rtasidagi jiddiy uzilish sifatida baholamoqda. 

Agar masala zudlik bilan hal etilmasa, “ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash” shiori amalda mazmunsiz iboraga aylanib qolishi mumkin.

Ijodiy sohani qo‘llab-quvvatlash bayonot bilan emas, o‘z vaqtida to‘lanadigan maosh bilan boshlanadi. Bir yildan ortiq maosh olmagan 250 nafar xodim bu tizimdagi haqiqiy holatni ochiq ko‘rsatib turibdi.

Tag‘in o‘qing
1 march 2021
Kuch tizimlari xodimlari tomonidan uyidan Andijon viloyatiga olib ketilib tergov qilingan yangi partiya tashabbuskori Xidirnazar Allaqulov 1 mart kuni ...
17 april 2018
Farg‘ona viloyatidan olgan ma'lumotlari asosida 17 aprel kuni «Xabar.uz» sayti tomlarning shiferlarini jigarrangga bo‘yayotgan o‘qituvchilar suratini e'lon qildi. Saytning ...
12 april 2025
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Bu haqda FVV ...
4 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 24-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz”ning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...