Asosiy mavzular
15 march 2023

15 mart – Fayzulla Xo‘jaev otilgan kun

O‘zbekiston kalimasini tarixga kirgizib, bu davlatning ilk rahbari bo‘lgan Xo‘jaev siymosini tarixdan o‘chirishga urinish keyingi yillarda izchil tus olgani kuzatiladi. Buxoroda Fayzulla Xo‘jaevning 120 yilligi nishonlanmadi. Uning marmar haykali va ëdgorlik lavhasi olib tashlangan.

Fayzulla Xo‘jaev 1938 yil 15 martda 42 ëshida Kreml buyrug‘i bilan otib o‘ldirilgan edi. U 1937 yilda taniqli sovet arboblari Buxarin va Rikov bilan birgalikda hibsga olindi va AQSh josusi sifatida 1938 yil Moskvada otib tashlandi.

1965 yil Moskva mahkamasi Xo‘jaev ishini ko‘rib chiqib, uni Stalin qatag‘oni qurboni deb topdi va o‘limidan so‘ng oqladi. Fayzulla Xo‘jaev Turkistonni birlashtirish tarafdori edi.

Kreml bu g‘oyaga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgani bois, Xo‘jaev “Katta Buxoro” g‘oyasini ilgari surib, dunë xaritasida O‘zbekistonni mavjud qildi.

Millionlarni millat uchun sarflagan mard Fayzulla Xo‘jaev taniqli mutafakkir Fitrat bilan birgalikda 1916 yilda «Ësh buxoroliklar» jadidchilik harakati yetakchisi sifatida Buxoroda namoyish uyushtirib, mamlakatda demokratik qadriyatlarni kafolatlaydigan konstitutsiya joriy etilishin talab qilgan edi.

Bu harakati uchun Fayzulla Xo‘jaev Amir Olimxon tarafidan o‘limga hukm qilindi. 1920 yilda amirlik barham topganidan keyin Fayzulla Xo‘jaev Buxoro Respublikasiga rahbarlik qildi. U 1925 yilda O‘zbekiston bosh vaziri (Sovnarkom raisi) bo‘ldi.

Rotatsiya asosida 1925 yilda SSSR ijroqo‘mi raisi vazifasida ishladi. Fayzulla Xo‘jaev bir guruh ësh o‘zbeklarni Germaniyaga o‘qishga yubordi.

Bugun Moskva arxivlarida saqlanaëtgan hujjatlarga ko‘ra, Fayzulla Xo‘jaev ularning o‘qishi uchun mablag‘ni ayamagan, talabalar ahvolidan shaxsan o‘zi xabar olib turgan.

Sovet hukumati 1922 yildayoq Germaniyaga o‘qish uchun yuborilgan buxorolik yoshlarni Moskvaga qaytarishga uringan. Xo‘jaev bunga qarshi bo‘lgani hujjatlarda aks etgan.

Muinjon Aminovning 1938 yil 28 yanvarda bo‘lib tergovdagi ko‘rsatmasidan:

«1922 yil Kuybishev (Valerian Kuybishev) men va Fayzulla Xo‘jaevdan ularning (talabalarning) qaytarilishini, Moskvada o‘qitilishini talab qildi. Xo‘jaev qat'iy rad javobini berdi. So‘ng Umar Faxriev degan kishini xat bilan Germaniyaga jo‘natdi va u yerda ta'lim olayotgan buxorolik talabalarga: «Sovet yeriga qaytmay turinglar», deb topshiriq berdi».

Xorijda qolib o‘qishini davom ettirgan, keyinchalik Turkiyada qo‘nim topgan 14-16 nafar sobiq talabaga Xo‘jaev Burxonov orqali moddiy yordam ko‘rsatib turgan. U Germaniyadagi Olimjon Idrisiy, millioner Amin Sulaymon, savdogar Eydelman bilan aloqada bo‘lib, turkistonlik talabalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatib turishni ushbu shaxslardan so‘ragan.

Qilichevning yozishicha, Fayzulla Xo‘jaev xorijda yashovchi Mustafo Cho‘qaevni (1890-1941 yillar) moddiy jihatdan ta'minlash uchun turli yo‘llar bilan uning nomiga tilla va pul yuborib turgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 september 2025
Rassom Tuz
28 september 2020
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu ...
4 april 2018
«O‘zbekkontsert» davlat muassasasida 30 mart kuni san'atkorlar ishtirokida «To‘y-hashamlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda majlisda ...
30 june 2016
Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davrida tahlillar, qarashlar borasida sukut saqlab, go‘ng bo‘lib o‘tirgan O‘zbekiston matbuoti nihoyat turli arboblaru sharhlovchilarning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...