Asosiy mavzular
28 march 2019

28 mart – kir yuvadigan mashina ixtiro qilingan kun

1797 yili AQShda dunëdagi ilk kir yuvadigan mashinaga patent olindi. Shu tariqa bundan 219 yil avval insoniyat, xususan, aëllarning kir yuvish mashaqqatidan qutulishiga imkon yaratildi.

AQShning Nyu-Hampshirida yashovchi Nataniel Briggs 1797 yilning 28 martida harakatlanuvchi chorcho‘p bilan jihozlangan ëg‘och qutini eslatuvchi ilk kir yuvish uskunasiga patent oldi.

1851 yilda AQSh fuqarosi Jeyms King nog‘orasimon aylanuvchi kir mashinani patentladi. Bu mashinaning bugungi mashinalarga o‘xshashi aytiladi. Faqat u qo‘l bilan aylantirilgan.

Kaliforniyadagi oltin izlovchi uddaburron ushbu mashinalardan bir nechtasini bir yerga to‘plab, 12 ta xachir aylantirgan g‘ildirak ërdamida harakatga keltirib, o‘ziga xos kirxona yarata oldi.

AQSh muhandislari mashina ichiga kir g‘ijimlaydigan o‘qlovlarni o‘rnatib, mukammallik sari yana bir qadam tashlashdi.

Bu paytga kelib Amerikada erinmagan har bir kishi “kir mashina” ixtiro qila boshladi.

1875 yilning o‘zidaëq Amerikada kir yuvish uskunalari uchun 2000 ta patent olingan.

Bugungi “oromijon” kir mashina prototipini esa 1900 yilda nemis shirkati yaratdi.

Avvaliga mashina benzinli motor bilan ishlagan bo‘lsa, 1908 yilda elektrda ishlashga o‘tdi.

1949 yilga kelib mutlaq avtomat tarzda ishlaydigan kir mashina paydo bo‘ldi.

Insoniyat qo‘lda kir yuvish kabi mashaqqatdan qutilgani uchun amerikalik muhandislardan minnatdor bo‘lsa arziydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 july 2018
(fermer xo‘jaligi ishchisining hikoyasi) Xorazmlik Hasanboy fermer xo‘jaligida ishlaydi. Umri dalada o‘tgan, desa ham bo‘ladi. Ma'lumoti o‘rta. Shunday bo‘lsa-da, ...
29 march 2021
Avtomobilda otvyortka borligi uchun haydovchi avtomobili Yo‘l- patrul xizmati xodimi tomonidan tintuv qilingani ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. 23 ...
10 march 2017
O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, 1 martdan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlarida kassa apparatlarining bo‘lishi ...
4 july 2016
Farg‘ona viloyati o‘qituvchi va shifokorlari paxta ko‘sagiga tushgan qurtlarni dalalarda qo‘lda terishmoqda. Ularning bu safar dalaga chiqarilishi AQSh Davlat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...