Boshqa maqolalar
29 october 2018

«Amerika ovozi» muxbiri Istanbulda qamoqqa olindi

So‘nggi olingan xabarga ko‘ra, «Amerika ovozi» radiosining Istanbulda hibsga olingan, Malik Mansur taxallusi ostida ishlaydigan 49 yoshli muxbiri Abdumalik Boboev  29 oktyabr kuni Chog‘loën tumani sudiga keltirildi.

Malik Mansur Turkiyada istiqomat qilayotgan 300 mingdan ziyod O‘zbekiston vatandoshi hayotidan reportajlar tayyorlayotgan edi.

Jurnalist yaqinlarining «Eltuz»ga aytishicha, u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasi oldida o‘taëtgan namoyishni videotasvirga olaëtgan paytda 28 oktyabr kuni ushlangan.

«Turkiyadagi “O‘zbeklar” tashkiloti rahbari Odam Chevik Saudiya konsulxonasi binosida «Vashington post» jurnalisti Jamol Qoshiqchi o‘ldirilganini qoralab nutq so‘zlaganida politsiya keldi. Odam Chevikni ham, uni videoga olgan Malik Mansurni ham qo‘liga kishan solib olib ketishdi», deydi jurnalistning Istanbuldagi yaqinlaridan biri.

«Eltuz»ning o‘rganishicha, Malik Mansur “izn berilmagan miting ishtirokchisi sifatida hibsga olinib, Levand tergov bo‘limida (Levent karakolu) so‘roq qilinib, ayni bo‘lim hibsxonasiga qamab qo‘yilgan.

Bundan sal ilgari «Eltuz» huquqbuzar sifatida ayblanayotgan jurnalistning sud jarayoni 29 oktyabrning birinchi yarmida Istanbul shahri Chog‘loën (Çağlayan adliyasi) adliya binosida bo‘lishi rejalangani haqidagi xabarni olgan edi.

“Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmatida 2002 yildan buyon jamoatchi muxbir bo‘lib ishlab kelgan Malik Mansur 2011 yilning fevralida «o‘zbek xalqiga tuhmat qilganlik»da ayblanib, ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ortidan O‘zbekistonni tark etib, Germaniyadan siyosiy boshpana olishga majbur bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 april 2024
Transokean kemalari birdan yo‘q bo‘lib ketadigan Bermud uchburchagi bor bahri muhitda. O‘zbekistondagi aksar vazirliklar, xossatan, Madaniyat vazirligi ana shunday ...
3 january 2025
– Mana xafta zuvv etib aylanib,  yangi yilda yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ina amdolli tozo yilloda go‘rishmak ...
7 october 2025
Eltuz manbaalariga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan Farg‘ona viloyatida keng qamrovli tekshiruvlar boshlangan. Bu jarayon doirasida Ekologiya va atrof muhitni ...
20 april 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash kampaniyasi boshlandi. Bu kurashni mamlakat prezidentining o‘zi boshlab berdi. Mamlakatda majburiy mehnat yillar davomida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...