Catira
19 march 2018

Mirziëev yuradigan yo‘lni supurgan o‘qituvchi «KamAZ» tagida qoldi

Prezident kelishi oldidan yo‘lni tozalashga olib chiqilgan samarqandlik o‘qituvchi, 23 yoshli Diana Yenikeeva 14 mart kuni «KamAZ» mashinasi tagida qolib halok bo‘ldi.

O‘sha kuni Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchilarining yo‘l tozalayotgani aks etgan suratlar va ayrim hujjatlar «Eltuz» nashriga kelib tushdi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi raddiyasi

Bu surat va hujjatlarda o‘qituvchilarning surunkali majburiy mexnatga jalb qilingani o‘z isbotini topadi.

Ayni paytda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi Diananing majburiy mehnat qurboni bo‘lganini rad etdi.

«O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari, jumladan, Diana Yenikeeva ham hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», deyiladi 18 mart sanasi ëzilgan va “Eltuz” nashrida nusxasi mavjud bo‘lgan raddiyada.

Biroq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari M.Muzaffarov va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q.Saidov imzolagan hujjatning keyingi abzatslaridayoq «hech qanday yo‘l chetini tozalash, supurish uchun chiqarilmagan», degan gap inkor etiladi.

«Shahar-tumanlar markazi, mahallalar, guzarlardagi xiyobonlar, ko‘chalar atrofi va ariqlar chetlari tozalanishi, daraxt va gul ko‘chatlari ekilishi bor gap», deya uqtiriladi hujjatda.

Hokimlikning bildirishiga ko‘ra, bu holat «mamlakatda mart-aprel oylari obodonlashtirish oyligi, deb e'lon qilingani ham «Tozalik bor joyda, baraka bor» naqlining amaliy ifodasidir».

O‘zbekiston prezidentining viloyatlarga tashrifidan oldin mahalliy hokimliklarning “xo‘ja-ko‘rsin” tadbirlari va supurib sidirishlarga, asosan, o‘qituvchi va tibbiët xodimlari jalb qilinmoqda.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 december 2025
Rossiya yana mol go‘shtiga cho‘chqa go‘shtini qo‘shib sotishdi — bu safar Markaziy Osiyodagi hamkorlarga mo‘ljallangan mol go‘shti konservasiga. «Orelprodukt»ning ...
5 march 2019
Shu kunlarda ba'zi bir ishlar bilan band bo‘lganim sababidan kanalga yozishga vaqtim bo‘lmayapti. Ammo Navoiy tili haqidagi postlardan so‘ng ...
28 june 2019
Ba'zan xorijda, G‘arb davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizga hayron qolaman. Amerika, Kanada va Yevropada kim bilan gaplashmang, ko‘pchilik shu davlatlarning liberal, ...
18 december 2015
Malohat Eshonqulova mustaqil jurnalist, Eltuz.com Jizzaxlik qonun idoralari xodimlari, xususan «Do‘stlik» tuman IIB katta tergovchi Orif Anorboev O‘ktam Pardaevga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...