Document UZ
3 january 2019

Shvetsiyada terrorga aloqador olti o‘zbekning sudi belgilandi

Shvetsiya poytaxti Ctokgolmning Solna tumani sudida terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilinib hibsga olingan 6 nafar o‘zbek ustidan sud 7 yanvar kuniga belgilandi.

«Eltuz» nashri olgan tergov hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchilar Akromjon Ergashev 34 yashar, G‘ulom Tojiev 39 yashar, David Idrisson 46 yashar, Shoahmad Mahmudov Shorasul o‘g‘li 24 yashar, Baxtiyor Umarov 30 yashar, Otabek Abdullaev 39 yashardir. 

Sudlanuvchilarning besh nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, yana biri – Otabek Abdullaev qirg‘izistonlikdir. 

Shuningdek, ular Shvetsiyaning turli hududlarida – Stromsund, Ostersund, Kista, Yordbro, Sponga, Tebu tumanlarida yashashgani, ulardan David Idrisson (asl ismi Farhod Toshmuhammedov) 2008 yili Shvetsiyaga kelgach, pasportidagi ism-sharifini o‘zgartirib olgani «Eltuz»ga ma'lum (suratda chapdan birinchi).  

Shved nashrlariga ko‘ra, barcha sudlanuvchilarga «Islomiy davlat» (IShID terror tashkiloti)ga pul jo‘natmalari tashkil qilish ayblovi ilgari surilmoqda.

Abdullaev, Idrisson va Mahmudov pul jo‘natmalaridan tashqari Shvetsiyada teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgani, buning uchun ular portlovchi modda uchun yuz litrdan ortiq kaltsiy gipoxloriti, vodorod, kaliy gidroksidi kaliy va sulfurik kislota yig‘ishgan. Ular ratsiyalar, gazniqoblar va boshqa turli himoya vositalari, maxsus qo‘lqoplar xarid qilishgan.

Bundan tashqari, Idrisson (Toshmuhammedov) 49 gramm giyohvandlik moddasi saqlashda, Abdullaev esa qalbaki hujjatlar bilan bankda hisob ochishda ayblanmoqda. Umarov pul o‘tkazmalarida soxta grek pasportidan foydalangan.

Cudlanuvchilarning biri Mahmudov 2018 yilning sentyabrida hibsga olingan, keyinchalik sud uni qo‘yib yuborgan. Abdullaev, Ergashev, Idrisson va Umarov 2018 yilning mayidan buyon qamoqda qolishmoqda.

«Eltuz» nashri shved sudi 2018 yilning 31 may kuni terror hujumi tayyorlashda gumon qilingan to‘rt nafar o‘zbekni hibsga olish haqida qaror chiqargani haqida yozgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 august 2017
Paxta koalitsiyasi Jahon bankiga O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamaëtgani borasida o‘z havotirini bildirib keladi. «Majburiy mehnatga barham berilmaguniga qadar, Jaxon ...
28 september 2016
Sovet O‘zbekistoni paytida oddiy rasssomlar paxta tergan bo‘lishsa, katta rassomlar paxtakorlar suvratini chizishgan. SSSR davridagi paxta safarbarligi oddiy odamlar ...
13 january 2016
Toshkentda mashhur o‘zbek xonandasi Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna)ning Porsche Cayenne avtomobili orqa oynasini sindirib, qimmatbaho sumkasi, undagi qimmatbaho buyumlar, ...
15 february 2021
O‘sha qadim, qadim zamonlarda davlati boy, odamlari erkin, baquvvat, oilalari baxtiyor, adolat ustun bo‘lgan mamlakatga to‘satdan yov bostirib kelibdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...