Document UZ
23 march 2021

Turkmanistonlik talabalar o‘z yurtiga qayta olmayapti

Turkmaniston hukumati karantin qoidalari sabab o‘z talabalarini mamlakat hududiga kiritmayapti. Talabalar chegara punktida qolib ketgan va bir necha kundirki, o‘z yurtiga qayta olmay halak. 

Ma'lum bo‘lishicha, «Olot-avto» chegara punktida turkmanistonlik 11 nafar talaba yurtiga kira olmay o‘tiribdi. Ular hozir o‘sha yerdagi avtobus bekatlardan biriga joylashib, noqulay sharoitlarda yashashga majbur bo‘lmoqda. 

Talabalarni Turkmanistonga qaytishga nima majbur etdi? Gap shundaki, 2020 yilda iqtisodiyotning yomonlashuvi va valyuta defitsitining oldini olish uchun xalqaro kartalar orqali valyuta o‘tkazishga cheklov qo‘yilgan. 

Turkman talabalari avtobus bekatini o‘zlariga boshpana qilishgan

Shundan so‘ng xorijda o‘quvchi talabalarning moliyaviy ahvoli yomonlasha boshlagan. 2021 yilning o‘zida turkmanistonlik 170 dan ortiq talaba o‘zlari o‘qiyotgan universitet ma'muriyatiga ishga joylashtirish bo‘yicha iltimos bilan chiqishgan. 

Buxoro pedagogika kolleji talabasi B.Sultieva onasining vafoti sabab moliyaviy ko‘makdan mahrum bo‘lgan, onasining ta'ziyasiga borishga hatto taqiq qo‘yilgani sabab o‘z joniga qasd qilgan. 

Turkmanistonlik 600 dan ziyod talabani qamrab olgan «Turkmen students in Uzbekistan» nomli telegram guruhi a'zolari o‘z mamlakati hukumatining bunday harakatlari o‘ta salbiy baholangan.  

Bu kabi holat birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q. 2020-2021 yil davomidan turkman talabalar 4 marta o‘z yurtlariga qaytishga harakat qilishgan, biroq bari samarasiz yakunlangan. 

Turkmaniston hukumati fuqarolarining har qanday murojaatlarini bee'tibor qoldirmoqda. Talabalarga bunday sovuq munosabatni esa karantin me'yorlari va'ji bilan bekitishga harakat qilmoqda. 

Turkman talabasi ko‘cha sharoitida ovqat qilishga urinmoqda

Ta'kidlash joizki, Turkmaniston hududida karantin choralari kuchaytirilgan holda qolayotgan bo‘lsa-da, mamlakatda koronavirusga chalingan birorta bemor rasman ro‘yxatga olinmagan. Shunga qaramay, mamlakatga Rossiyadan «Sputnik V» hamda «EpiVakKorona» vaktsinalari olib kelindi. 

Fuqarolari chegara punktida og‘ir sharoitlarda qolayotgan bir paytda Turkmaniston hukumati eski kiyim kiyayotgan fuqarolar bilan ommaviy kurashga kirishgan.

Vaziyat shunday tus oladigan bo‘lsa, talabalar «Olot-avto» chegara punktida piket uyushtirishgacha borishmoqchi. 

Agar Turkmaniston hukumati tomonidan zaruriy choralar ko‘rilmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ochiq murojaat qilishni ham rejalashtirishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 december 2020
Rossiyaning iqtidordagi «Yedinaya Rossiya» partiyasi deputatlari Qozog‘iston yerlarining bir qismi Rossiyaniki, deya uni qaytarish lozimligini ta'kidlamoqda. Qozog‘iston jamoatchiligi va ...
6 november 2025
Mirishkor tumanida mol va qo‘ylarni o‘g‘irlash holatlari sezilarli darajada oshgan. Bu haqida Eltuzga tuman aholisi xabar berdi. «Ayrim o‘g‘rilar ...
16 december 2019
O‘zbekistonda 22 dekabrda bo‘lib o‘tadigan saylov talqini rassom Tuzning yangi karikaturasida. Eltuz.com
14 december 2025
Samarqand shahrida 12 dekabr kuni og‘ir ahvoldagi bemorni olib ketayotgan tez tibbiy yordam avtomobili YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgani Eltuzga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...