Document UZ
9 december 2021

Xo‘jaylidagi qadimiy obidani saqlashni vazir o‘z nazoratiga oldi

Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm vaziri Aziz Abduhakimovning o‘zi shaxsan nazoratga oldi.

Turizm va sport vazirligi boshqarmasining Qoraqalpog‘iston prokuraturasiga xati

«Vaziyatning o‘ta ayanchligi, masalliy mulozimlarning qadim osori-atiqalarga jinoyatkorona bepisand munosabati bois vaziyatni sohaning birinchi rahbari o‘zi nazorat qilishini taqozo etadi», deydi «Eltuz»ning vazirga yaqin manbasi.

Joriy yil noyabr oyi oxirida tarmoqlarda Xo‘jaylidagi Mazdakxon maqbarasi ënida yangi paydo bo‘lgan «evroremont» qabr tasvirlari muhokama qilingan edi. Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 4 apreldagi qaroriga ko‘ra, qadimiy ëdgorliklar ëniga mayit dafn qilish taqiqlanadi.

1 dekabr kuni Madaniy meros departamenti rahbari professor Tursunali Qo‘ziev boshchiligidagi ishchi guruh 10-asr ëdgorligi bo‘lgan Mazdakxon maqbarasi ënida iznsiz paydo bo‘laëtgan qabristonni borib ko‘rdi. Buning ortidan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi qadimiy obidaga zarar yetkazilishi faktlari bo‘yicha tekshiruv boshladi. Maqbara joylashgan joyni qiëmat soati deya ishonuvchilar sababli bu joyga ziërat turizmi ommalashgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 january 2026
Bir kishi ishga kechikib kelibdi. Boshliq g‘azab bilan so‘rabdi: — Yana kechikdingmi? Bu safar qanday bahonang bor? — Taqsir, ...
18 june 2025
Bugun “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forum” tashkiloti “Qora bulut: Mirziyoev O‘zbekistonida so‘z erkinligiga joy yo‘q” nomli hisobotni e'lon qildi. ...
11 december 2025
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida faoliyat yurituvchi fermer Nasiba Turdieva so‘nggi besh yil davomida fermer xo‘jaligitarkibida bo‘lgan yerni noqonuniy tarzda ...
28 november 2020
Afu et meniTaqlid qilolmadim, kechir, Vatanim –Tosh kabi bardoshli bo‘lolmadim hech.Sapchib turgan esam, aybsitma meni,Afu et, axir men o‘lolmadim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...