ART-DURBIN
7 september 2023

Elchi atay kelgan ko‘rgazmadan mulozimlar nega qochdi?

Buyuk chex imprescionisti asarini chex elchisi Urganchda taqdim qildi

Urganch zamonaviy san'at muzeyida Germaniyadagi “Yuzuk” tashkiloti tarafidan 20-asrdagi buyuk imprescionist rassom Otto Bubinechekning qimmatbaho asari muzeyga sovg‘a qilindi.

Taqdimot marosimida Chexiya respublikasining O‘zbekiston, Turkmaniston va Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vaslav Yilek mamnuniyat bilan qatnashdi. Lekin tadbirda O‘zbekiston madaniy meros idorasi Xorazm viloyat va Urganch shahri amaldorlaridan biror kishi qatnashmadi.

Vaholanki asar O‘zbekistonning Frankfurtdagi bosh konsulxonasi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston-Chexiya do‘stlik jamiyati ishtirokida O‘zbekistonga olib kelingan edi. Tadbirda so‘zga chiqqan elchi Vaslav Yilek tasviriy san'atning xalqlar o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘la olishini Urganch muzeyi misolida ko‘rganidan mamnuniyat izhor qildi:

(video, elchi).

Hali Chexiya davlati tashkil bo‘lmasidan oldin o‘tgan asr o‘rtalarida muzey atrofida millat birlasha olishini aytgan rassom Otto Bubinechek Urganch muzeyiga hadya qilingan asari haqida Germaniyadan tashrif buyurgan “Yuzuk” tashkiloti rahbari Dilbar G‘afforova gapirdi.

(video, Dilbar G‘afforova).

Shuningdek, “Yuzuk” tashkiloti “Milliy merosga mening tuhfam” degan umummilliy dastur doirasida hozirda Amerikada yashayotgan rassom Davron Yo‘ldoshevning “Onazamin”, hozir Germaniyada istiqomat qilayotgan rassom Shuhrat Bobojonovning “Arslon ovi” rang-tasvir asarlarini ham muzeyga beg‘araz hadya qildi.

Tadbirda O‘zbekiston zamonaviy muzeyi direktori Shirin Tosheva berilgan sovg‘alar yuzasidan minnatdorchilik bildirdi va elchi janobi oliylariga Urganch muzeyi haqidagi kitobni taqdim qildi.

Zamonaviy o‘zbek rassomlarining minglab asarlarini o‘z ichiga olgan Urganch muzeyi 1984-yilda BMT madaniyat idorasi YuNYeSKO qo‘llovi bilan ochilgan edi.

Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, Eltuz O‘zbekiston madaniyati va san'atiga oid yangiliklarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
21 november 2025
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Hokim o‘rinbosari bog‘chaga ishga kiritib ...
9 february 2021
Meni mashg‘ul qilgan g‘oyaga avval o‘zimni ishontirishim kerak edi. Mayli, do‘stlar ishonmasin, mayli, aqrabolar, yaqinlar, hatto xalq ishonmasin, ammo ...
20 october 2025
1999 yili Londondagi IWPR nashri muxbiri sifatida Turkmanistonga safar qilib turkum maqolalar ëzgan edim. O‘sha paytda «Turkmanlar erkin yashamasa ...
2 august 2018
Albatta, bu Tuz degan rassomning xaël mahsuli, xolos. Aslida o‘zbekistonlik hojilarning shaytonga tosh otgani mana bunday kechdi. Shu yil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...