Document UZ
14 march 2024

100 millionlik «delo»larni asossiz yopgan MIB amaldorlariga jinoiy ish ochildi

MIB Zangiota tumani bo‘limi tomonidan 98,4 mln so‘mlik 435 ta ijro hujjatlari tegishli qonunlarga zid ravishda tugatilib, «MIB portali» dasturiga soxta hujjat va kvitantsiyalar, ijro ishlariga aloqasi yo‘q hujjatlar asos sifatida ko‘rsatilib biriktirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Eltuzdan Postskriptum. Oxirgi paytlarda falonchi mansabdorlar pistoncha pul mablag‘larini talon-taroj qilgani-yu, bir qop pul pora olgani haqida ko‘plab xabarlar chiqadi. Ammo sal vaqt o‘tib, shu mansabdorlarning taqdiri nima bo‘ldi ekan deb qiziqsangiz, hech balo bo‘lmagan bo‘lib chiqadi. Tirjayib yana o‘z ishini davom ettirib yurgan yoki ko‘tarilib ketgan bo‘ladi. 

Bu holatdayam shunday bo‘ladi degan xavotir yo‘q emas. Tergovchi va sudyalar ikki ko‘zimiz va quloqlarimiz ularda ekanligini his qilishsin. Yopdi-yopdi bo‘lib ketsa, albatta, buni jamoatchilikka yetkazamiz. Eltuzga obuna bo‘ling. Voqealar rivojini biz bilan birgalikda kuzatib boring.

Tag‘in o‘qing
11 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Farg‘ona, Toshkent, Samarqand viloyatlari dan ...
22 november 2016
Shunday ishtiyoqni bildirganlar orasida 68 yashar farg‘onalik fermer, 63 yashar xorazmlik pensioner, andijonlik novvoy bor. Jumladan, farg‘onalik keksa fermer ...
4 december 2017
Ko‘p pul ishlab, mashina va uy olish uchun xotinini fohishalikka undagan o‘zbekistonlik erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda 30 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...