Qonli yo‘l: Rossiya o‘zbek migrantlaridan «zambarak go‘shti» yasamoqda
Eng ko‘p yollanma askar – O‘zbekistondan
Ukrainadagi bosqinchilik urushida Rossiya Qurolli Kuchlari safida jang qilgan O‘zbekiston vatandoshlaridan iborat qurbonlar statistikasi juda havotirli manzarani aks ettirmoqda. Bu statistika yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar qisman BBC va Mediazona nashrlarida ham keltirilgan.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, bizga hozirgacha 481 nafar O‘zbekiston fuqarosining Rossiya armiyasi safida turib bosqinchilik urushida halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani aniq ma'lum. Bu raqam to‘liq emas va haqiqiy yo‘qotishlar bundan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Bu statistikaning biz uchun yanada ayanchli jihati, hozirgi kunda O‘zbekiston aniqlangan xorijiy yollanma askarlar soni bo‘yicha Rossiya QK safida yetakchilik qilmoqda.
Urushda jang qilgan yoki jang qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining nomi aniqlangan soni kamida 2,715 nafarga yetgan. Eng achinarlisi, bu raqam yildan-yilga keskin oshib bormoqda: 2025 yilning birinchi yarmida qariyb 1,300 nafar o‘zbek Rossiya armiyasi tarkibida urushga jo‘natilgan.

«Zambarak go‘shti» – Rossiya talofatlari uchun eng arzon «xom ashyo»
2025 yilda Rossiyaga 1,8 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi asosan mehnat migranti sifatida kirib kelgan. Ularning aksariyatiga ish o‘rniga Rossiya uchun muttasil kerak bo‘layotgan “zambarak go‘shti” (ya'ni, yuqori darajadagi yo‘qotishlarga qaramay piyodalar hujumi uchun yuboriladigan oddiy askarlar) bo‘lish vazifasi taklif etilmoqda. Bu, rus armiyasining katta yo‘qotishlariga sabab bo‘layotgan «halokatli taktikasi» bo‘lib, unga doimiy ravishda yangi odamlar talab qilinadi.

Qo‘rqitish, aldash, majburlash – migrantlarni yollash mexanizmi
Rossiyada mehnat migrantlari verbovkachilarning asosiy nishoniga aylangan. Hukumat har bir shartnoma imzolagan shaxs uchun verbovkachilar, politsiya va tergovchilarga mukofot to‘lashni qonuniylashtirgan.
Migrantlarni ish va'dalari bilan aldash, deportatsiya qilish bilan qo‘rqitish yoki jinoiy ish ochish tahdidi ostida shartnoma imzolashga majburlash kabi gibrid usullar qo‘llanilmoqda.
Rossiya armiyasiga qo‘shilganlar xorijiy harbiy asirlar orasida ham birinchi o‘rinni egallamoqda.

O‘zbekiston fuqarolariga chaqiriqlar
O‘zbekiston hukumatining Rossiyaga ketayotgan fuqarolarni urush xavflaridan ogohlantirish bo‘yicha sa'y-harakatlari aniq yetarli emas. Buning oqibatida o‘zbeklar Rossiya okkupatsion armiyasining «zambarak go‘shti»ga aylanishda davom etmoqda va bu yuzadan tarmoq faollarining chaqiriqlari ham yangramoqda.
Hozirda ayni vaziyatga tushgan o‘zbek migrantlari va boshqalar uchun yordam tariqasida tuzilgan «Hayotni saqlab qolish va asirga tushish», «Yashashni istayman», «Xochu jit!» Loyihalari mavjud.
Bu loyihalarda agar kimdir yoki ularning yaqinlari hozirda Rossiya armiyasi safida bo‘lsa va ular hayotini asir tushish orqali saqlab qolish istagi bo‘lsa, Telegram orqali: t.me/spasisebyabot botiga, yoki Ukrainadagi +38 044 350 89 17, +38 095 688 68 88 +38 093 688 68 88 +38 097 688 66 88 telefon raqamlariga bog‘lanish taklif etiladi.
