Document UZ
31 january 2026

1 maydan Umraga ruhsatsiz borib bo‘lmaydi

Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

«Haj» va «Umra»ga borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24 yanvar, 27-son) qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan respublikamizda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

➖ 2026-yil 1-fevraldan boshlab — «Haj» tadbiriga;

➖ 2026-yil 1-maydan boshlab — «Umra» tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

Ziyoratchilar haqidagi ma'lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tag‘in o‘qing
8 january 2021
Navoiyda fan olimpiadasiga borishda avtohalokatga uchragan o‘quvchi va o‘qituvchi 7 yanvar kunida ham jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ular 5 yanvar kuni ...
15 june 2016
Qo‘lga olinganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosidir. Qaxramonmarash politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra IShID terror tizimi faollariga qarshi qaratilgan tadbir davomida ...
2 march 2018
19 yillik tutqunlikdan keyin «Erk» demokratik partiyasi faoli 54 yoshli jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov 22 fevral kuni Chirchiq qamoqxonasidan ozod ...
6 august 2018
«Men Odilovga: – Ahmadjon aka, pulingizni oling, menga dietik ovqat shart emas. Zonaning oshxonasiga faqat nonimni olib kelish uchun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...