Ko‘zqarash
28 november 2015

“Siz ham Salimning qizi ko‘rgazmasiga keldingizmi?”

Umida Ahmedova
Eltuz.com

Toshkentda “Osiyo ramzi” raxbariyati ostida «Modalar haftasi»ni tiklashdi, ko‘rsangiz g‘irt “a lya biz ham bormiz” usulida. Men shahrimizda nima yangiliklar yuz berayotganiga qiziqib, ularning saytiga kirdim…

Afsus, hech qanday axborot topib bo‘lmadi. Garchi ular qachonlardir mashhur Gulnora Karimova brendi tashkilotchilari ham bo‘lishgan. Tadbirning “Yoshlar saroyi”da o‘tkazilishini bildim. (Ilgari u yerda Gulnora Karimova tadbirlari o‘tkazilardi). Taklifnoma olish uchun ancha erta bordim. Xolida Hafizovnani ko‘rib, iliq salomlashdim, u bo‘lsa yo‘q…

Garchi bizning yo‘limiz turli anjumanlarda ko‘p martalab kesishgan. Butun majlis ahlining bir biriga jo‘r bo‘lib yig‘lab uning hayotdan erta ketgan erini so‘nggi manzilga kuzatgani yodimda. Komilova Holida Xafizevna Gulnora saltanatdaligi paytida uning o‘ng qo‘li edi. Bugun tag‘in hammamiz uchun sevikli bu ayol bilan to‘qnash keldim. Men u bilan iliq ko‘rishdim, u bo‘lsa yo‘q…

Men go‘lu nodon, dizayner bergan taklifnomani olganmanu, ertaroq kelaveribman. Yoshlar Saroyida mentlar va fuqarolik kiyimidagilar uning ishtirokchilaridan ko‘proq edi. Shunday qilib men mentlar va fuqarolik kiyimidagi ancha odamlar to‘sig‘ini kechib o‘tdim.

“Siz ham Salimning qizi ko‘rgazmasini ko‘rgani keldingizmi?” deya so‘radi mendan bir qiz. Meni Salimning qizi mutlaqo qiziqtirmasdi. Men bor yo‘g‘i ko‘rgazmada chiqish qilishi kerak bo‘lgan kenja qizimning do‘stini suratga olish istagida kelgandim.

Va birdan! Qanday vahima!!! Davlat mahfiyligi darajasida!!! O‘ta hukmfarmon, allaqaysi xonim, dizaynerga yaqinlashib “nega taklifnoma tarqatayapsiz!!! Tarqatmang! Keyin sizga tushuntiraman!” dedi.

Mish-mish tarqalib ketdi! Ma'lum bo‘lishicha barcha mentlar va “shtatdagi”lar ogohlantirilgan, «Ho‘v, anavi xolani (ya'ni meni) tadbirga hecham yo‘latmaslik!» haqida…

Ilgarigi moda haftaliklariga qatnashgan bir ayol shunday dedi. “Voy Xudoyim! Biz Gugushani ham, uning jamg‘armasini ham sevmasdik, endi bu pornografiya shimildiriqqa kerakmi?”

Tag‘in o‘qing
3 december 2025
Moskva plenumi aks sadolari 1989 yilning 17-19 yanvar kunlari Moskva shahrida Sovet Ittifoqi Yozuvchilari Soyuzining navbatdagi Plenumi bo‘lib o‘tdi. ...
10 april 2024
Toshkentni rak o‘smasi kabi qoplagan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi reydlar o‘tkazildi. So‘nggi 3 oy davomida diniy ekstremizm va ...
2 may 2023
Namangan viloyati  Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Doniyor To‘raxo‘jaev bosqinchilikda gumonlangan 40 yashar ukasi Dilshodjonning 12-15 aprel kunlari Toshkent shahar ...
5 january 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 ëshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...