Vaqt mashinasi
18 may 2023

18 may – Bir surat tarixi: Abdullabek va Rahbarxonning sevgi hikoyasi

1914 yilning 18 mayi deya tarix ëzilgan bu surat markazida turgan Abdullabekning evarasi, shu kunlarda Toshkentda yashaëtgan Umida Haqnazar Eltuz.com ga o‘z bobosi haqida maqola ëzib berdi.

rasm1402Toshkentning so‘nggi romantigi

1914 yilning 18 mayida Frantsiyaning Yelisey saroyida Daniya qiroli sharafiga ziëfat berildi. Rimdagi tamaki fabrikasi ishchilari ish tashladi. Tokioda o‘n beshinchi odam o‘latga chalinib o‘ldi. Dengizda halokatga uchragan «Solferino» kemasiga badaviy arablar hujum qildi. Tiflisda ilk texnika dorilfununi binosiga tamal toshi qo‘yildi.

Aynan 18 may kuni Rossiya imperiyasi orqa hovlisi sifatida ko‘rilgan Turkistonning Toshkent shahridagi fotostudiyaga jadid ëshlar – Abdullabek, Abdunosir, Omon va Badir kirib keldi.

rasm1403Rasmdagi Abdullabek mening katta bobom bo‘ladi. Abdullabek Mirzaahmadbek (Niëzbek) va Zulayho begim oilasidagi to‘rt o‘g‘ilning ikkinchisi edi.

Tabiatan kamtar, zakiy va romantik odam bo‘lgan, Yevropa qadriyatlari asosida tahsil olgan Abdullabek aëllarga ehtirom bilan qarar, ularning qalbi va aqlini zabt qilish istagida edi.

Abdullabek 24 ëshga kirganida Toshkentning aslzoda xonadonlaridan birida kamol topgan Rahbarxon degan aëlni sevib qoladi. Rahbarxonning ota-onasi esa uni diniy ulamolardan birining o‘g‘liga unashtirib qo‘yishgandi. Fotihani buzish o‘sha davrda oila sha'niga darz keltirishi mumkin edi.

rasm1405Abdullabek va Rahbarxon qochishga ahd qilishadi. Sevishganlar poezdga o‘tirib, imperiya boshkenti Sankt–Peterburgga kelishadi. Bu nikohdan Muhabbat degan qizaloq dunëga keladi.

Sankt-Peterburgning rutubatli havosi toshkentlik oshiqlar tabiatiga to‘g‘ri kelmaydi. Ikki yillik g‘urbat so‘nggida ular Toshkentga qaytishadi.

Sankt-Peterburgning nam havosida zotiljam kasaliga yo‘liqqan Rahbarxon olamdan o‘tadi. O‘limini sezgan aël eriga vasiyat qilib, “olti oydan keyin albatta uylaning, qizim onasiz o‘smasin”, deydi.

Ammo onasining o‘limidan sal o‘tmay qizaloq ham vafot qiladi. Shu tariqa toshkentlik romantikning sevgi hikoyasi fojeaviy yakun topadi.

Keyinchalik Abdullabek boshqa aëlga uylanib, bola-chaqali bo‘ldi, bu endi ayri hikoya. Abdullabekning o‘zi esa 1925 yili olamdan o‘tgan.

Umida Haqnazar

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 march 2020
Joriy yilning 15 mart kuni soat 06.00 da Respublika virusologiya instituti laboratoriyasida Frantsiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston ...
19 april 2018
Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta ëshdagi o‘rangan o‘zbek aëli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga ...
26 february 2022
Nega o‘zbeklar Putinni sevadi? Bu savolga normal mantiq bulan javob berish qiyin. Hozirgina taqirboshlar kaltaklagan, ho‘rlagan o‘zbek o‘sha zolimga ...
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...