Ko‘zqarash
3 january 2017

Terrorchining qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda

Turkiyadagi tungi klubga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan hujumchi qirg‘izistonlik Mashrapov Yahyo ekani gumon qilinmoqda.

Turk matbuotiga ko‘ra, Mashrapov xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan.

Matbuot iddaosiga ko‘ra, Mashrapovlar oilasi Istanbuldan, Anqaraga undan keyin esa Ko‘nya shahriga kelgan.

Seshanba kuni Mashrapovning xotini Turkiya istixborati tarafidan so‘roq qilingan.

Mashrapovning xotini erining dunëqarashidan behabarligini aytgan.

Qotillikda gumon qilinayotgan, Mashrapov Yahyo ga tegishli pasport skrinshoti.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalaëtgan suratga ko‘ra, Mashrapov Yahyo 1988 yil tug‘ilgan.

Qirg‘iziston Tashqi Ishlar Vazirligi vakilining Eltuz muxbiriga aytishicha, muhtamal terrorchiga oid ma'lumotlar qidirilmoqda.

«Registratsiya idorasiga so‘rov yuborilgan, Mashrapov Yaxë ismli shaxsga pasport berilganmi ëki yo‘qmi degan savol o‘rganilmoqda» deya bildiradi Eltuzning Qirg‘izistondagi manbasi.

Ba'zi habarlarda esa qotilning Qirg‘izistonlik o‘zbek ekani taxmin qilinmoqda.

Dushanba kuni IShID ekstremistik guruhi yangi yil kechasi Istanbulda 39 kishi o‘ldirilgan tungi klubga hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgani ma'lum qilingan edi.

“Qorbobo” ning yangi yilga qarshi jihodi

1 yanvarga o‘tar kechasi Qorbobo kiyimini kiygan hujumchi Istanbuldagi Reina tungi klubiga hujum uyushtirdi.

Hujumda 39 kishi halok bo‘lgan, 69 odam yaralangan.

Hujumchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, politsiya qidiruv amaliyotlarini olib bormoqda.

Turk politsiyasi Istanbulning Zaytunburni mavze'sidagi o‘zbek muhojirlari yashaydigan mahallada reyd o‘tkazgani haqida Eltuz.comda ma'lumot bor. Bu ma'lumotga ko‘ra dushanba kechquringi holatda, 12 kishi qo‘lga olingan.

Eltuz manbasiga ko‘ra Zaytunburni Nuriposhsho mahallasidagi omborni politsiya bosgan.

Terrorchining do‘sti bo‘lgan bir ëshroq yigitning derazadan sakrab qochgani haqida gaplar bor.

Eltuz muxbiri voqea joyidan xabarlar yo‘llamoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 october 2016
«XXI asr» gazetasida paxta yetishtiruvchi xonqalik fermerning nomidan ham bir maqola e'lon qilingan. Unda fermer muvaqqat prezident va amaldagi ...
4 march 2019
Ha, yana yozamiz, yozaveramiz. Toki bu mukofot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni ado etmaguncha, ya'ni yosh qizlarning kelajakka motivatsiyasini oshirishga ...
31 october 2025
Bordis yaylovida so‘qir baxshi Mavlud Ehsondan tinglagan qo‘shiqlar lirizmning et va suyakka yetadigan xolati edi. Ig‘dirda Shoxo‘g‘li Abbos ertaklarini ...
23 september 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib, siz bilan birgaman. Kunduzlari issiq bo‘lsa ham, kechga borib qish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...