Asosiy mavzular
31 october 2025

«Gulnor» 15-qism. Bir ayriliq, bir yo‘qsillik, bir o‘lim…

Bordis yaylovida so‘qir baxshi Mavlud Ehsondan tinglagan qo‘shiqlar lirizmning et va suyakka yetadigan xolati edi. Ig‘dirda Shoxo‘g‘li Abbos ertaklarini tinglagandi. Domol tumanida alaviy madaniyatining o‘rnaklariga qulok solgandi. Bularning hammasi turli xil yo‘llar bilan bugungacha yetib kelgan qadim bo‘zqir komligining maxsullari edi.

Birovlari ustiga “Ali”, birovi “Abbos”ni o‘rtgandilar. O‘g‘uzning, turkmanning bu farzandlari asrlar davomida bir tog‘dan ikkinchi toqqa sakrab yurganlar. Yigitlik ham g‘urbat ham bor edi bu turkularda. 

“Bir ayriliq, bir yo‘qsillik, bir o‘lim”, deyishardi. Yo‘qsillik va ayriliqni o‘limga qiyoslashardi. Yuz yillar davomida bo‘linib, parchalanib, bir-biridan ayrildilar. Bunga ba'zan dushman sabab bo‘lsa, ba'zan o‘zlarining bir-birlariga toqatsizligi, marhamatsizligi sabab bo‘ldi. Parchalanar ekan, kichraydilar, zaiflashdi va yo‘qsillashdilar. Yangi o‘ba, yangi yaylovga ko‘chdilar, sevgililarini eski o‘tovlarda qoldirdilar… har voqea bir doston, har sevgili bir turku (qo‘shiq) bo‘ldi. Kom (shomon) baxshi bo‘ldi, baxshi o‘zan bo‘ldi, o‘zan esa oshiq (soz chalib she'r aytadigan shoir) bo‘ldi.

So‘yladi dardini yuksak tog‘lardan oshsin deya. Birov tog‘dan oshsa ikkinchisi yaylovda qolib ketaverdi.

Oshiq Karim, Orzu Qambar yuz yillarcha bo‘zqir farzandining ruhini tarbiyaladi…

Ahmad Turg‘ulning siluetini ko‘z oldida aniqroq ko‘rishga harakat kildi, lekin bo‘lmadi.

Xolbuki, bu odam bilan uzoq yillar birga bo‘lishgandi. Turg‘ul haqiqiy kom (shomon) edi. Bir kom kabi pishdi, qosh va ko‘z orasi qisqa muddatda bu dunyodan kechdi. Bir ayriliq, bir yo‘qsillik, bir o‘lim bor edi. Go‘yo hayot haqiqati shu edi.

Professor Alper va O‘g‘uz Axmajni havo maydonida kutib olar ekan, Axmad hamon bu o‘chik siluetlarni zexnida jonlantirishga urinardi. Bakirning “qiqir”lab kulib, quchoqlashi uni xushiga keltirdi.

–Hayajonlanayapsanmi, O‘g‘uz, — dedi Ahmad.

–Yo‘q, xo‘jam. Faqat sizning kelganingiz uchun juda sevinayapman, — dedi O‘g‘uz.

Ilmiy ish sinovi tushdan keyin boshlandi.

O‘g‘uz ish yerlariga xorijiy nomlar qo‘ygan ancha-muncha shaxslar bilan gaplashib, turklarning o‘zida bir o‘ziga ishonchsizlik mavjud degan xulosaga kelganini bildirgan edi ilmiy ishida. 

Buning sababini Turkiyaning dunyoda o‘zini ko‘rsata olmagani va jumxuriyat davrining xalqqa yaxshi tushuntirilmaganidadir, dedi O‘g‘uz. Buni maorif va xabarlashma vositasi bilan tushuntirish mumkin edi. Turkiyada na maorif, na-da xabarlashma vositasi bo‘lgan matbuot bu vazifani bajara olmayotgandi. 

Aksincha, bu jabxada johillik hukm surar, xalqqa tinimsiz tushkunlik kayfiyatini singdirishga harakat qilardi matbuot. Bugungi insonlar na milliy mujodola qahramonlarini, na-da jumhuriyatni tanirdi. Turkiyaning biror yerida milliy mujodola muzeyi yo‘q edi. Bu davrlar haqida e'tiborga molik badiiy asar ham, roman xam yo‘q edi.

Yosh bolalarga atalgan chizgi filmlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi, dedi O‘g‘uz ilmiy ishini xulosalar ekan.

Yaxshi ilmiy ish domlalarni doim mamnun qilardi. Otaturk Universitetida doktorlik yoqlagan yosh olimlar emas, ularning domlalari ularga ziyofat berardi. Bu safar ham sho‘nday bo‘ldi.

– O‘zbekistondan xabar bormi, xo‘jam? — dedi O‘g‘uz Ahmad domlaning yoniga kelib.

Ahmad Turk qurultoyidan avval Toshkentda bo‘lganini, ammo Muhammad Solih bilan ham, Gulnor bilan ham ko‘risha olmaganini aytdi.

– Sen Gulnor bilan maktublashmadingmi? — dedi Ahmad domla.

– Avval yozishib turdik, keyin, mana ikki yildir-ki, undan xat olmadim, — dedi O‘g‘uz, — menimcha, maktublarim unga yetib bormayapti.

Bugun quvonchli kun edi, bu mavzuni shu yerda to‘xtatishni ma'qul ko‘rishdi.

Professor Alper qiqirlab kulardi. Axmad esa unga qo‘shilib hursand  di, birga o‘tgan kunlarni eslashdi.

***

“Turk adabiyoti” jurnalining may oyi sonida Axmad uchun syurpriz bo‘ldi. Ikki xafta avval doktorlik sinovidan o‘tgan O‘g‘uz Dumon maqolasini jurnalda ko‘rib sevindi.

Maqola “Bir xayol” deb atalardi.

O‘g‘uz kamtar uslub bilan bir “Dam olish markazi” loyihasini taklif kilgandi maqolada. Faqat bolalarning emas, kattalarning ham xordiq chikarishi mumkin bo‘lgan, Disney parkiga o‘xshagan bir park bo‘lishi kerak edi bu. Yoki davlat yoki xususiy mablag‘ bilan bu “Tomosha o‘lkasi”ni ko‘rish mumkin bo‘lishi kerak edi. Bu “markaz”dan mo‘ljallangan odamlarga o‘z tarixi va qahramonlarini tanitish edi. Parkda sayr qilgan odamlar qarshisida tarixiy va afsonaviy voqealar va shaxslar jonlanishi ko‘zda tutilgandi.

Bunday jasur va qimmat loyihaning muallifi o‘z g‘oyasini uyatchan bir uslubda ifodalagandi. “Balki, — deb o‘yladi Axmad, — O‘g‘uzga ham o‘ziga ishonishi uchun bir turtki lozimdir”.

***

U kun Tangdo‘g‘onda katta olomon bor edi. 70-yillarda shahid bo‘lgan minglarcha milliyatchi ulkuchilar uchun hozirlangan bu marosim sababi juda achchiq edi.

To‘g‘riso‘zligi va jiddiy odamligi bilan odamlar ko‘nglida taxt qurgan Gun Sazoq 70-yillar so‘ngida so‘lchi kommunistlar tarafidan otib o‘ldirilgan edi.

Tongdo‘g‘onda yig‘ilib, qalbidagi marsiyani ko‘k qubbasiga yo‘naltirgan olomon yarim million kishidan iborat edi. Jebechidan yurishni boshlab, Xammomo‘ni va Anqara vokzalidan o‘tib, Tongdo‘g‘onda to‘planishgandi. Axmad xotini Gunashxonim bilan birga edi. U olomon ichida Salim Boyjonni ko‘rdi.

– Xo‘jam, boshingiz sog bo‘lsin, — dedi Salim va yana sassiz yurishda davom etdi.

Stantsiyadan Tangdo‘g‘ongacha birga ketishdi, ammo bu ikki soat yurishda ikkovi ham churq etishmadi. Salim Ahmadni, Axmad esa Salimni xech unutmagandi.

12 sentyabr 1980 yildan keyin mamlakatda dahshatli kunlar boshlangandi. Marmarisdan Anqaraga ketamiz, deb tayyorlanayotgan Ahmadning oilasi “Lidiya” otelida edi. Davlat to‘ntarishi haqidaga xabarni tongda olishdi. Tez Anqaraga keldilar.

Boshbug‘i Alparslon Turkash to‘ntarishning ilk kunlarida xuntaga taslim bo‘lishni rad etib, ulkuchilar (milliyatchi-idealist)larni hayajonlantirgan edilar. Keyin MXP chilarning ko‘pchilik raxbarlari xibsga olindi. Qamalganlar ham, ozodlikda qolganlar ham nima bo‘layotganini anglamagandilar. Yillar davomida terror harakatlarini uyushtirgan marksistlar ushlanib, turmaga tashlanarkan, ularga qarshi kurashgan ulkuchilar ham zindonga tashlanib, qiynoqqa solina boshlagandi.

Xuntaning bayonotini o‘qib, Axmad qattiq asabiylashgandi: “Turkiya Jumxuriyati so‘nggi yillarda ko‘rganingizdek ich va tashqi dushmanlarning tahqiri bilan borligiga, rejimiga va mustaqilligiga qarshi fikriy va jismoniy hujumga uchradi… Davlat kuchsiz, ojiz xolga keltirildi…”

– Bu qanaqasi?, — dedi Axmad, — davlat fikriy va jismoniy hujumga uchragan bo‘lsa, davlatni qutkarmoq vatandoshlarning vazifasi emasmi? Istiqlol urushida shunday bo‘lmaganmidi?

Axmad ikki yil o‘z kasbi bilan shug‘ullanmadi. Mahkamalarni tingladi, maqolalar yozdi. Majozli uslub topdi o‘ziga va bu uslub bilan fikrlarini ifoda etar, taqiq pardasini yirtardi.

G‘olib Erdam bilan o‘tkazilgan tungi suhbatlari uning ko‘ngliga tasalli berardi. Birga Bulbulni yoki Boybutovni eshitishar, o‘zlarini musiqa to‘lqinlariga tashlab, xayol surishardi. 

Axmad bolalik davrida chiqqan jurnallar haqida G‘olib Erdamdan ko‘p bilgi olardi. Erdam kechqurunlari mutlaqo uchta shokolad bilan kelardi, ikkitasini bolalarga, bittasini Gunashxonimga berardi. Keyin “choyimni keltiring”, derdi. 

Choyni ichib “maktub”ni olardi, ketardi. “Maktub” qamoqda o‘tirgan milliyatchi-ulkuchilarning oilalariga atalib, to‘plangan pul edi. Buni tarqatish vazifasini G‘olib Erdam o‘z zimmasiga olgandi. G‘olib Erdam ulkuchilar nazdida bir avliyo edi. Ahmad uchun esa ayni paytda ilm qaynog‘i va dard o‘rtog‘i edi.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 15 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
17 june 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib ...
27 november 2018
O‘zbekistonning bosh rasmiy huquq himoyachisi Akmal Saidov hozir ancha o‘zgargan. Mamlakat Inson huquqlari milliy markaziy rahbari sohada ko‘tarilgan og‘riqli ...
5 february 2024
Bu avtoavariya o‘tgan hafta, 31 yanvar oshqomida Qarshi shahridagi “Shabada” restorani o‘ngida yuz bergan. Yengil avtomobil qattiq tezlikda borib ...
20 january 2026
Xorvatiyadan O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro ekstraditsiya qilindi. Ekstraditsiya Interpolning O‘zbekiston va Xorvatiya milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari, shuningdek, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...