Asosiy mavzular
27 april 2017

Sotib bo‘lingan gaz sotuvini qanday hususiylashtirish mumkin?

Prezident Mirziyoevning tabiiy gazni sotishni xususiy operatorlarga o‘tkazishga oid hujjatni imzolashi ortidan, o‘zbek matbuotida bu qarorni olqishlovchi materiallar paydo bo‘la boshladi.

Jumladan Kun.uz sayti gaz ta'minoti muammosi va aholining millionlab (aslida milliardlab) qarzlari ildiziga nazar tashlash, mazkur masalaning yechimi iddao etilgan maqola chop etdi.

Muallif gaz ta'minotidagi muammo «ildiziga nazar tashlab», buning sababi vertikal integratsiyada, ya'ni gazni qazib chiqarishdan yetkazib berishgacha monopol tashkilot bo‘lmish «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi mas'ul ekanidaligini ta'kidlaydi.

«Chunki vertikal integratsiya sharoitida, bir tizim ichida bo‘lgani uchun korxonalar o‘zaro to‘lovlarsiz ham tovar olish va xizmat ko‘rsatishda davom etaveradi, chunki eng tepada rahbari bir kishi, u «berasan» degach, puli to‘lanmasa ham gaz berilaveradi-da!» deydi muallif.

«Hozirgi mavjud sharoitda gaz qazib/ishlab chiqaruvchi gazni «O‘ztransgaz»ga beradi, «O‘ztransgaz» — «Vodiygazta'minot», «Janubiygazta'minot», «Markazgazta'minot» kabi hududiy korxonalarga, hududiy korxonalar — «tumangaz»ga va hech kim gaz pulini to‘lamaydi. Mana shu zanjirni uzib tashlash kerak», deya xulosa qilinadi maqolada.

U vaziyatdan chiqish yo‘lini sohani xususiylashtirishda ko‘radi. Ya'ni, uning fikricha, gaz sotuvchi idoralarni davlat kompaniyasi tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish lozim.

Masalan, gaz qazib/ishlab chiqaruvchi toki oldindan haq to‘lamaguncha «tumangaz» (xususiy operatorga)ga, «tumangaz» (xususiy operator) puli to‘lanmagan abonentlarga oldindan to‘lovsiz gaz bermaydigan mexanizm yaratilishi kerak.

Shuningdek, maqolada suyultirilgan tabiiy gazni tarqatish mexanizmini yanada kengaytirish taklifi bildirilgan.

Hammasi bizgacha o‘g‘irlanganku?

Prezident Mirziyoev aslida gaz eksportini oshirish tufayli, gaz tanqisligini kechirayotgan O‘zbekiston aholisi oldida hukumatni aybdan soqit qilishni ko‘zlayotgani yo‘qmi?

O‘zbekistonda yiliga 63-65 milliard kub metr tabiiy gaz olinadi va Shavkat Mirziyoevning Rossiya safaridan so‘ng eksport hajmi yanada oshishi kutilmoqda.

Prezident qaroriga ko‘ra, 1 iyundan boshlab Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz ta'minoti ob'ektlari qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlar vakolatli boshqaruviga o‘tkaziladi.

Yana ham jiddiyroq ahamiyat berilsa, prezidentning mazkur qarori Rossiyaga gazni sotish bo‘yicha uzoq va yaqin muddatlarga mo‘ljallangan shartnomalarni imzolaganidan keyin paydo bo‘layapti.

Bundan ilgari, 2015 yili Xitoyga 10 milliard kub metr gaz sotish majburiyatini zimmasiga olgan edi.

O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifidan so‘ng esa «Gazprom» shirkati tag‘in besh yilga mo‘ljallangan kelishuv imzolagan edi.

Prezidentning har bir gapiga do‘ppilarini otayotgan shovvozlar, mashhur «Shurikning sarguzashtlari» filmi qahramonlariga o‘xshab qolganini sezishmaydi.

Allaqachon pullab bo‘lingan tabiiy gaz sotuvini, yana qaysidir hususiy tadbirkorga o‘tkazish bilan muammoni qanday hal qilish mumkin?

«Hammasi bizgacha o‘g‘irlab bo‘linganku!»

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 december 2025
Dunëdagi eng birinchi kasb g‘arlik, ikkinchisi esa jurnalistlik deyiladi. Qadim zamonda bir xotin qo‘tosni soni evaziga erkaklarni g‘orga apkirib ...
30 june 2017
O‘zbekiston banklari joriy yilda ajratishni mo‘ljallagan kredit resurslarining tubi ko‘rinib qoldi. Shuning uchun mazkur moliya muassasalari prezidentning tadbirkorlikni rivojlantirishga ...
6 december 2021
Germaniyadagi O‘zbekiston inson huquqlari forumi rahbari Umida Niyozova 4-5 dekabr kunlari O‘zbekistonda fermerlar bilan uchrashdi. «Eltuz» ilgari xabar qilganidek, ...
8 january 2026
Eronda Islomiy hukumatga qarshi yirik namoyishlar bo‘lishi g‘ayrioddiy narsa emas. Mana to‘qqiz kundirki davom etayotgan oxirgi noroziliklarda yana odamlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...