Ko‘zqarash
13 may 2017

Qarg‘alar sayrashni o‘rgatdi menga…

ToshDUning jurfagida biz 1988-1993 yillarda o‘qidik. Rahmatli domlamiz professor Ochil Tog‘aev publitsistikadan dars berardilar.

Domlaga nisbatan ko‘pchilik talabalarning hurmati baland edi, ammo so‘nggi darsda bir kelishmovchilik ham bo‘lgandi.

Shundan so‘ng domla betob bo‘lib yotib qoldilar. Domla vafot etganlarida biz talabalar ham ta'ziyaga bordik. Mayyitni ko‘p qavatli binoning ikkinchi qavati zinasidan qo‘lma-qo‘l ko‘tarib tushganimizni eslayman.

Yosh edik, jonoza, qabriston, bu manzaradan ancha mutaassir bo‘ldim. Quyidagi she'rning ilk satrlari ana shu marosimda tug‘ildi. Ustoz o‘limi bilan ham dars berganday tuyuldi menga.

SYeN MYeNGA YaShAShNI O‘RGATGIN, O‘LIM

Ko‘zlarim ko‘rlikni o‘rgatdi menga,
Manglayim sho‘rlikni o‘rgandi menga,
Yuragim hurlikni o‘rgatdi menga,
Sen menga yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Davronlar shamolni mengzatdi menga,
Shamollar xoru xas irg‘atdi menga,
Shaytonlar birki bazm bezatdi menga,
Sen menga yashashni o‘tgatgin, o‘lim.

Dil do‘zax yo‘lini ko‘rsatdi menga,
Jon uchmox eshigin izlatdi menga,
Tan balo tog‘ini yuzlatdi menga,
Sen menga yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Gumrohlar aytdilar: o‘rgatguvchimiz,
O‘zingni o‘zingga o‘rnatguvchimiz,
Ko‘zingini qoshingga o‘rtatguvchimiz,
Sen menga yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Xazoniy bog‘larga keldim urib bosh,
Xarsanglar bag‘riga kirdim bo‘lib tosh,
Men dunyo darsiga berolmadim dosh,
Faqat sen yashashni o‘rgatgin, o‘lim.

Qarg‘alar sayrashni o‘rgatdi menga,
Baqalar sakrashni o‘rgatdi menga,
Mushuklar savashni o‘rgatdi menga,
Sen menga yashashni o‘rgatgin o‘lim.

Abduvohid Hayit
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 49-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Yuqorida tortishganimiz butun ...
19 november 2019
Ayni saylov avj pallasiga chiqqan payti poytaxt hokimi bilan bog‘liq bunday kompromat chiqishi siyosiy jarayonlar rivojlangan davlatlarda deputatlikka nomzodlar ...
10 june 2023
2010 yilning 9 iyunidan 10 iyuniga o‘tar kechasi Qirg‘iziston janubida ommaviy qotilliklar boshlandi va uning qurbonlari asosan mahalliy o‘zbeklar ...
19 january 2026
Taniqli o‘zbek teatr va kino aktyori Po‘lat Saidqosimov 2019 yil 87 yoshida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazidagi 6 coat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...