Asosiy mavzular
5 september 2017

Masjidda burni qonaganning barchasi Mahdiymi?

Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilib bir biriga qarab o‘q otishdi.

Aka IShID safiga, uka esa Al Qaeda tarmog‘ining bo‘lagi bo‘lgan Jabhatul Nusraga borib qo‘shildi. Bu aka-ukalar hozir tirikmi ë yo‘qmi, bilmayman. Bilganim shuki, minglab o‘zbeklar tentirab, Suriya va Iroq hududlariga borib qolishgan. Zambarak yemi bo‘lgan vatandoshlar taqdirini o‘ylab mana bularni ëzdim.

1979-yilning noyabrida 500 kishilik salafiylar guruhi o‘zini «Mahdiy» deb atagan salafiy Muxammad Al Qaxtani ismli shayx boshchiligida Makkadagi «Masjid Al Haram» masjidini qurolli hujum bilan bosib olib, 6 mingga yaqin kishini garovga oldi.

Jangarilar o‘zlarini «Mahdiyning askarlarimiz» deb atadilar. Saudiya hukumatidan «Mahdiy»ga bosh egishni, Amerika va Yevropa davlatlariga neft sotmaslikni talab qilishdi.

Hukumat buni bajarmadi. Salafiylar va Saud askarlari o‘rtasida 10 kun davomida qaqshatgich janglar davom etdi. So‘ng Saud xukumati Frantsiyadan yordam so‘radi.

Frantsuz spetsnazi 4 kunda Masjid Al Haramni terrorchilardan tozalab tashladi, 50-60 ga yaqin jangari tiriklayin qo‘lga tushdi. Osmondan biror yordam kelmadi. Muhammad Al Qaxtaniyning so‘zlari yolg‘on ekani ayon bo‘ldi.

500dan ortiq kishi (jangarilar va askarlar) xalok bo‘ldi. Tirik qolgan jangarilar keyinroq katta maydonda chopildi.

Men o‘z yo‘lboshchisini «Mahdiy ekani»ga ishonib, ko‘kdan mo‘'jiza kutgan salafiylarning o‘shandagi ahvolini tasavvur qilyapman…

Bugun ham «Allohning shariatini tiklaymiz, Halifalik quramiz» degan xomhayol bilan Iroqqa ketgan minglab o‘zbek jangarilarining Tal Afar shahri yerto‘lalarida o‘z o‘limini kutib yashayotgan oilalari ham bugun 1979 yili katta maydonda chopilgan jangarilarning ahvolida.

Na ko‘kdan, Abrahaning askarini yo‘q qilgan qushlar, tosh tashlab, Iroq askarlarini yo‘q qildi, na osmondan farishtalar oq otlarda keldi…

Bugun o‘lim kutayotgan o‘zbeklarni oilalari bilan Iroqqa, – «Islomiy go‘zal hayotga» chaqirgan arablar tashlab qochishdi. Ortga yo‘l yo‘q, jangarilar qatl etilishi aniq, lekin ularning bolalarida nima ayb?

Jangarilarning bizga keragi yo‘qdir, lekin otasining ahmoqligi tufayli Iroq yerto‘lasida yotgan o‘zbek bolalarini saqlab qolishning iloji bormikan?

Baxrom Raxmon
O‘sh. Qirg‘iziston
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 december 2021
1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali buzib tashlandi. Shu kuni uning demontaj qilingan haykali 53-008-harbiy ...
22 october 2018
Yaqin kunlarda O‘zbekistonda qimmatchilik boshlanishi haqida aholi o‘rtasida shu kunlarda ancha keng tarqalgan xavotirning asossiz emasligini hukumatning o‘zi tasdiqladi. ...
8 april 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
20 november 2020
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari haq talab qilgani (hujjatlarda – “jamoat tartibini buzgani”) uchun uch kunlik ma'muriy hibsga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...