Asosiy mavzular
7 december 2017

Sobiq voizning arzon aljirashi

Karimov rejimi hosilasi bo‘lgan “jurnalist” Sherzod Qudratxo‘jaev matbuotdagi chiqishida o‘zbeklarni “benzin qimmatlasa, dod-voy soladigan arzon odamlar”, deb atadi.

U nega o‘zbeklar katta-katta xarj qilmaydi, qimmat narsalarni og‘rinmay olmaydi, degan ma'nodagi gaplarni aytib taajublanadi.

Oydan tushdimi bu odam? O‘qituvchi va shifokor 100 dollarga yetar-etmas oylik olsa, u qanday qilib ming-ming xarajat qilsin.

Bir paytlar Qudratxo‘jaev sig‘ingan diktator Karimov Moskvada ko‘cha supuraëtgan o‘zbeklardan ijirg‘anishini ta'kidlab, ularni “dangasalar”, deb atagan edi.

Qudratxo‘jaev ham bu ritorikani davom ettirib, “xitoylik va koreys tirishqoq”, o‘zbek esa tanbal, shu bois uning cho‘ntagida puli yo‘q, deya ëzg‘iradi.

Bundan ilgari Qudratxo‘jaev «yoshlar hidi» haqidagi prezident iborasini takrorlab, «bu hid Qozog‘iston yoki Xitoyniki kabi bo‘lishi kerak«ligini ta'kidlagandi.

Tilingni tiy, tirrancha, deydigan odam yo‘qmi atrofda?

Frantsiya qirolichasi Mariya Antuanettaga mulozimlar kelib, “xalqning yeyishga noni yo‘q” deyishgan.

Antuanetta esa o‘ylab o‘tirmasdan, “Noni yo‘q bo‘lsa, tort yeyaqolishsin” (Let them eat cake!), degan edi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining 23-qismi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Audiokitobning boshi va oldingi qismlari “Eltuz»ning ...
19 april 2023
Hammasi 2022 yil yanvarida Camarqandning Pastdarg‘omida 33 yoshli kam ta'minlangan erkak 31 yoshli ayol uyiga dori olib borgan kundan ...
21 march 2016
«Toshkent shahar hokimining 18 mart kuni imzonlagan 244-sonli qaroriga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayrami o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta'minlash ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...