Asosiy mavzular
17 april 2018

Mirziëev «toqatsizlik»ni targ‘ib qilmoqchimi?

O‘zbekiston prezidentining diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida soha rivojining ustuvor yo‘nalishlari xususida to‘xtalib o‘tilgan.

Farmondan iqtibos: “Jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan TOQATSIZLIK MUHITINI shakllantirish”. (Toqatsizlik muhitini shakllantirish ustuvor yo‘nalish deb belgilanibdi, xullas.)

O‘zbekiston Konstitutsiyasidan iqtiboslar:

«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» (12-modda).

«Har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega» (29-modda).

«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» (31-modda).

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonundan iqtibos:

«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolarning dinga munosabatiga qarab ularning huquqlarini har qanday cheklash va ularga bevosita yoki bilvosita imtiyozlar belgilash, dushmanlik va adovat uyg‘otish yoxud ularning diniy yoki dahriylik e'tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlash, diniy ziyoratgohlarni oyoq osti qilish qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi» (4-modda).

«O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi» (5-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidan iqtibos:

«Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha'n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e'tiqodiga yoki dahriyligiga qarab fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar…» (156-modda).

Ayni shu farmonning o‘zidan yana bir iqtibos:

“Jamiyatda BAG‘RIKYeNGLIK, O‘ZARO HURMAT, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish». (Toqatsizlikmi yoki bag‘rikenglik, qaysi biri?)

Farmonda ustuvor yo‘nalishlar belgilanar ekan, yana bir jihatga e'tibor qaratiladi.

Iqtibos: “Diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida ta'lim sifatini oshirish, diniy-ma'rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish”.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonundan iqtibos:

“O‘zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Ta'lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” (7-modda).

So‘zim so‘nggida Konstitutsiyadan yana bir iqtibos:

«Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi».

«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman» (92-modda).

Xurshid Yo‘ldoshev,
mustaqil blogger
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 april 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurash kampaniyasi boshlandi. Bu kurashni mamlakat prezidentining o‘zi boshlab berdi. Mamlakatda majburiy mehnat yillar davomida ...
24 september 2018
Sovet davrida bolalarni maktab partasidan paxta dalasiga quvish odatiy hol sanalardi. Qayta qurish yillarida sal susaygan bu an'ana O‘zbekiston ...
24 september 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 33-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Yozuvchi Temur Po‘latning ...
18 june 2021
«Eltuz» jurnalist Shohida To‘laganovaning Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi bilan bog‘liq surishtiruv filmini taqdim etadi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...