Catira
20 april 2018

Muhammadning boshiga kavush bilan urgan o‘qituvchi jazolandi

Kollej o‘quvchisini urgan urganchlik o‘qituvchi Zebo Nafasova 14 aprel kuni ishdan bo‘shatildi.

Uning ishdan ketishiga oyoq kiyimi bilan o‘quvchini urayotgani aks etgan videoning ijtimoiy tarmoqda tarqalgani sabab bo‘ldi.

Videoda Urganchdagi avtoyo‘l kolleji biologiya o‘qituvchisi 17 yashar Muhammad Jumanazarovni qo‘lidagi ayollar tuflisi bilan qarsillatib urayotgani aks etgan.

«Nega dars qoldirding? Men seni shu bugun yo‘q qilaman»,- deya o‘qituvchi qo‘lidagi oëq kiyimi bilan bolaning yuziga, yelkasiga bir necha bor soladi.

Video yuzasidan ijtimoiy tarmoqdagi bahslarda bola tarbiyasi bo‘yicha o‘zbek jamiyatining ikkiga bo‘linganini kuzatish mumkin.

«Kaltak yeb turmay, bu o‘qituvchining urib jag‘ini sindirish kerak… Bu tarbiyalamayapti, yigitni qo‘rqoq qilib qo‘yyapti… Agar o‘zining bolasini kimdir ursa, itga o‘xshab akillab borardi…», deya izoh qoldirdi feysbukda Ilhomjon Abdumo‘minov.

Ayni paytda o‘qituvchi tarafini olayotganlar ham kam emas.

«O‘g‘il bolani tarbiyalash juda qiyin, ayniqsa quloqsiz bo‘lsa! Hech narsa qilmaydi urgan bo‘lsa! O‘g‘il bola, qilgan aybiga yarasha ursa, buning yomon joyi yo‘q! Hadeb o‘qituvchini ayblash noto‘g‘ri, vaqti kelsa o‘zimizni qonimizga tashna qilib yuboradi bu o‘g‘il bola zoti!))», deya yozadi 3 o‘g‘li borligini pisanda qilib Dilya ismli ayol.

O‘zbekiston ta'lim tizimida o‘qituvchilarning maktab o‘quvchilarini, talabalarni urishi yangilik emas.

Masalan, 2017 yilning 16 martida farg‘onalik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bolalarni o‘quv quroli bilan urayotgani aks etgan video tarqalgan, voqeadan ko‘p o‘tmay o‘sha o‘qituvchi ham ishdan ketgan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 may 2022
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz. Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla ...
10 march 2024
O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti o‘n yil oldin 150 dollar edi. Hozir qancha? Bugungi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan ayni mavzuga bag‘ishlanadi. ...
20 august 2025
Eltuzga jo‘natilgan xavotirli maktub va videoda Samarqandda daryoni quritib, hudud ekologiyasiga zarar yetkazayotgan shirkat haqida bildirilgan. Samarqand viloyati Payariq ...
31 january 2019
Venesueladagi oxirgi o‘zgarishlardan so‘ng, kutilganidek, sobiq prezident Nikolas Maduroning tarafdorlari ko‘payib ketdi. Uning xalqqa qilgan yaxshiliklari, hamshiralar minglab dollar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...